Suriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Suriya_info}}'''Suriya ''' (Suriya Arab Respublikasi) poytaxti — [[Damashq]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Suriya''', Suriya Arab Respublikasi (Al-Jumhuriya al-Arabiya as-Suriya) — Jan.Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Mayd. 185,2 ming km2. Aholisi 17,2 mln. kishi (2002). Poytaxti — Damashq sh. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. S. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1973 y. 12 martda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Bashar Asad), u milliy referendumda 7 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi amalga oshiradi.
 
Tabiati. Dengiz sohilining aksari qismi tepalik va toshloqli yassitogʻlikdan, ozrogʻi pasttekislik (eni 20—30 km)dan iborat. Gʻarb va jan.
 
da Antilivan togʻ tizmasi va balandligi 2814 m gacha boʻlgan AshShayx togʻi joylashgan. S. hududining katta qismini gʻarbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi plato egallagan. Gʻarbda Ansoriya va AzZaviya togʻ tizmalari, jan.gʻarbda AdDruz (eng baland joyi 1803 m) vulkan massivi joylashgan. S. hududining jan.sharqini Suriya choʻlining bir qismi, shim.
 
sharqini Jazira platosi tashkil qiladi. Neft, temir, mis, marganets, xromit, oltingugurt va b. konlar bor. Iklimi Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim. Qish va bahorda yogʻingarchilik koʻp, yozi quruq. Oʻrtacha tra yanvarda 12°, avg .da 27°; yillik yogʻin 700 mm dan kam. Mamlakat sharqida quruq kontinental iqlim. Furot daryosining S. hududidagi uz. 675 km, uning asosiy irmoklari — Xobur va Belix. Shim.sharqiy chegara boʻylab Dajla daryosi oʻtadi, shim.gʻarbda Oʻrta dengiz havzasiga mansub boʻlgan AlAsi (Oront) daryosi va shim.da Hims koʻli bor. Platoda boʻz tuproqli qumloqqumoq choʻllar, jan.da toshloqshagʻalli hamada anchagina maydonni egallagan. Pasttekisliklarda shoʻrxok yerlar uchraydi. Sharqiy Tavr togʻ oldi boʻz jigar rang va jigar rang tuproqdan iborat, dengiz boʻyida sariq tuproq, balandlashgan sari tog jigar rang va togʻoʻrmon tuproqli yerlar boshlanadi. Ansoriya togʻining sharqiy yon bagʻrida togʻ dashtlari uchraydi. Sohil va togʻ yon bagʻirlaridagi oʻrmonlarda eman, qaragʻay, sarv daraxtlari oʻsadi, lavr butazorlari bor. Hayvonot dunyosi sirtlon, boʻri, chiyaboʻri, qoraquloq, jayran, yovvoyi eshak (onagr), kemiruvchi va sudraluvchilar, togʻlarda suriya ayigʻi, toʻngʻiz, oʻrmon mushugi va b.dan iborat.
 
Aholisining 90% arablar ((suriyaliklar); ulardan tashqari kurd, arman, turkman, turk, cherkas, falastinliklar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Aholining aksariyati sunniy musulmonlar, shuningdek shialar, alaviylar, xristianlar, maroniylar ham bor. Shahar aholisi 52,4%. Yirik shaharlari: Damashq, Halab, Hims, Latakiya.
 
Tarixi. S. hududida odam paleolit davridan yashab keladi. Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. av. 15-a.da S.ning koʻp qismini Misr, 14-a.da Xett podshoxligi egallab olgan, 12-a. boshlarida S. ozodlikka erishsada, 8-a. oxirida Ossuriyata, 7-a. oxirida esa Yangi Bobil podshoxligi, 6-a. oʻrtalarida Axomaniylarga qaram boʻldi. Mil. av. 333 y. Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat barbod boʻlgach, salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. av. 1-a.da Armaniston podshosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 y. Rim, mil. 4-a. oxiridan Vizantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633—40 y.larda Arab xalifaligi, 1516 y.da Usmonli turk imperiyasi zabt etdi va S. 1818 y.gacha Turkiya tarkibida boʻldi. 1832—40 y.larda Misr qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1840 y. S.da Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918 y. okt.da S.ni ingliz qoʻshinlari bosib oldi. 1919 y. AngliyaFransiya kelishuviga binoan inglizlarning oʻrnini fransuzlar egalladi. 20y.larda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1928 y. Taʼsis majlisiga saylov oʻtkazildi, 1930 y. mayda S. respublika deb eʼlon qilindi, ammo Fransiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943 y.dek.da bekor qilindi. 1946 y. 17 apr.dagina toʻla mustaqillikka erishdi. 1958 y. S. Misr bilan yagona davlat — Birlashgan Arab Respublikasi (BAR)ga birlashdi, ammo 1961 y. 28 sent.
 
da uning tarkibidan ajralib chiqdi va oʻzini Suriya Arab Respublikasi (SAR) deb eʼlon qildi. 1963 y. 8 martda davlat toʻntarishi boʻlib, S. Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baas) hokimiyatni qoʻlga oldi, 1971 y. 12 martdan Hafiz Asad prezident boʻldi.
 
1967 y. iyunda S.ga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismini (Gʻulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973 y. okt.da S. boshka arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnashib, Isroil tomonidan bosib oligan yerlarning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. S— 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 28 dek.
 
da tan olgan va 1992 y. 24 apr.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17 apr, — Chet el koʻshinlari chikarib yuborilgan kun (1946).
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baas), 1947 y. apr.da Arab uygonish partiyasi sifatida tashkil etilgan, 1954 y. dan xoz. nomda; S. kommunistik partiyasi, 1924 y. tuzilgan; SAR Taraqqiyparvar milliy fronta, 1972 y. asos solingan, 8 tashkilotni birlashtiradi. S. ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1938 y. tuzilgan.
 
Xoʻjaligi. S. — agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda qishloq xoʻjaligi.ning ulushi 26%, sanoatning ulushi 21%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 53%.
 
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 50%ga yaqini shugʻullanadi. 3,7 mln. gektar yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 500 ming ga sugʻoriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi. ekinlari: bugʻdoy, arpa, paxta, tamaki, qand lavlagi; sholi, yer yongʻoq, sabzavot, poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Vohalarda bogʻdorchilik rivojlangan, tok, sitrus, xurmo va b. subtropik mevali oʻsimliklar oʻstiriladi, zaytun yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot, xachir boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi.
 
Sanoatida konchilik ustun: neft, fosforit, toshtuz, tabiiy asfalt, oltingugurt qazib olinadi. Elektr styalarning aksariyati neft asosida ishlaydi (yiliga oʻrtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Neft Baniyos va Himsdagi z-dlarda qayta ishlanadi. Kime (mineral oʻgʻit ishlab chiqarish.), toʻqimachilik (jumladan, ip gazlama) va oziqovkat (un, yogʻ, vino, qandshakar, tamaki va b.), elektr texnika sanoati rivojlangan. Traktor yigʻuv, elektr motor, poʻlat prokati, beton shpal z-di, koʻnchilik, poyabzal, binokorlik materiallari va b. korxonalar bor. Hunarmandchilik (oltin, kumush, misdan turli buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari — Damashq, Halab, Hims, Latakiya, Tartus. T.y. uzunligi — 1,8 ming km, avtomobil yoʻllari —39,2 ming km, neft quvurlari — 805 km. Asosiy dengiz portlari — Latakiya, Tartus, Baniyos Damashqda xalqaro aeroport bor. Iroq va Saudiya Arabistonidan Oʻrta dengiz sohiliga tortib kelingan koʻpgina neft quvurlari S. hududidan oʻtadi. S. chetga neft va neft mahsulotlari, fosforit, paxta, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari, teri, jun va b. chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziqovqat, kimyo mahsulotlari va b. keltiradi. Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Livan, Gretsiya bilan savdo qiladi. S.ning OʻzR bilan 2002 y.dagi tovar aylanmasi 1,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Pul birligi — suriya funti.
 
Tibbiy xizmati. S.da tibbiy xizmat pulli. Vrachlar tayyorlaydigan 3 ta maktab, stomatolog va farmatsevtlar maktabi, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari tayyorlaydigan 5 ta maktab bor. Halabdagi untda veterinariya fti ochilgan.
 
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Maktab dindan ajratilgan, ammo diniy maktablar ham bor. Bir necha xususiy oʻquv yurti mavjud. Darslar arab tilida olib boriladi. S.da 4 unt va bir qancha davlat oliy oʻquv yurtlari [Damashq un-ti (1923), Halabdagi un-t (1960), Himsdagi un-t (1979), Latakiyadagi un-t (1971), Damashq oliy texnologiya in-ti va b.] ishlaydi, ularda pul toʻlab oʻqiladi. Arab akademiyasi (1919), Damashq akademiyasi (1919), qishloq xoʻjaligi. ilmiy markazlari bor. Damashkda un-t kutubxonasi va Milliy kutubxona (1880), Halabda Milliy kutubxona (1924), Latakiyada Milliy kutubxona (1944), Damashkda Milliy muzey (1919) va Arab tamadduni muzeyi (1976—77), Halabda Arxeologiya muzeyi (1960), Palmira muzeyi (1961), Hims, Tartus, Busroda muzeylar mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jurnalilari: "AsSaura" ("Inkilob", arab tilida chikadigan kundalik gaz., 1963 y.dan), "AlBaas" ("Uygonish", arab tilida chikadigan kundalik gaz., 1962 y.dan), "AlJamaxir alArabiya" ("Arablar ommasi", arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "Nidal ashShaab" ("Xalq kurashi", arab tilida chiqadigan gaz., 1934 y.dan), "Siriya tayme" ("Suriya vaqti", ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1981 y.dan), "AlFido" (arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "AlMuhandis alArabi" ("Arab muhandisi" arab tilida 2 oyda 1 marta chiqadigan jurnali, 1961 y.dan), "Nidal alFellahin" ("Dehqonlar kurashi", arab tilida chiqadigan haftanoma, 1965 y.dan). S. arab axborot agentligi (SANA), hukumat axborot mahkamasi, 1965 y. asos solingan. Radioeshittirish va telekoʻrsatuv bosh direksiyasi, hukumat xizmati, 1946 y. tuzilgan.
 
Adabiyoti. S. xalqining ogʻzaki ijodida mil. av. 8—7-a.lar voqealarini eslatuvchi rivoyatlar uchraydi. Mil. 2—14a.lar ga oid suriya (suryoniy) yozuvlari topilgan. 8-a.dan arab tili rayem boʻla boshladi va 14-a.ga kelib dunyoviy adabiyetdan suriya tilini surib chiqardi. Oʻrta asrlarda Abu Tammom, AlBuhturiy, AlMutanabbiy, Abu Firas sheʼrlari va Abul Aʼlo alMaariyning falsafiy asarlari dunyoga keldi. 19-a.ga kadar S. adabiyoti arab mumtoz adabiyoti anʼanalarini davom ettirdi. 19-a. oʻrtalaridan Livan bilan Falastinni oʻz ichiga olgan S. arab madaniy uygʻonish makonlaridan biri boʻldi Fransis Marrash, Rizqalla Xassun, Abdurahmon alKavokibiy va Adib Isxoq bu harakatga bosh boʻldilar. 1-jahon urushidan keyin vatanparvarlik kayfiyatidagi adabiy kuchlar (Muhammad Kurd Ali, Xalil Mardombek, Salim alJundiy va b.) Damashkdagi Arab akademiyasiga birlashib, arab adabiy merosini batafeil oʻrganish va ommalashtirishga kirihdilar. 20y.larda realistik nasr (Subhi Ali Gʻanim, Sami alKiyoli, Fuad ashShaib, Shakib alJabri) yuzaga keldi. Hayriddin azZirekli, Muhammad alBizm, Muhammad Sulaymon alAhmad kabi shoirlar mustamlakachilikka qarshi, mustakillik uchun kurash ruhida sheʼrlar yozihdi. 1951 y. S. yozuvchilar uyushmasi tuzildi.
 
2-jahon urushidan keyingi davr adabiyotida milliy ruhni qaror toptirish harakati kuchaydi. 60y.lardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlikka tushgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlashga berildilar. Soʻnggi yillarda Isroilning arab mamlakatlariga bosqinini laʼnatlovchi sheʼrlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va nasriy asarlar (Mutaa Safadi, Zakariyi Tamira) yaratildi.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. S.ning qad. sanʼat yodgorliklari neolit davriga mansub (DamirKapu qoyatosh rasmlari, SakcheGyozyu sopoli, tosh va loydan yasalgan haykalchalar). Mil. av. 2ming y.likning 1-yarmida shahardavlatlar (Mari, Ugarit, Yamxada — hoz. Halab) ravnaq topishi bilan birga meʼmorlik yuksak darajaga koʻtarildi: murakkab tarxli saroylar, hovlili ibodatxonalar qurildi. Mil. av. 16—14-a.lardagi sanʼat asarlarida Qad. Misr va Egey madaniyatining taʼsiri seziladi. Mil. av. 9-a.da Ossuriya, mil. av. 4-a.dan mil. 4-a.gacha yunon meʼmorligi anʼanalari ruhida inshootlar yaratildi (Palmiradagi mahobatli kolonnalar va ibodatxonalar).
 
5—6-a.larda S.da mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi shakllandi (Antioxiya, Apameya, Shaxba qadama naqqoshligi). Tosh va suyak oʻymakorligi, pol mozaikasi, kitob miniatyurasi rivojlandi. 7—8-a.larda S. arab madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi, naqqoshlik, haykaltaroshlikning yangi uslublari yaratildi. Oʻsha davrda oʻrta asr shaharlarining qiyofasi shakllandi, mayejid, Madrasa, tim, kasalxona, karvonsaroy, hammom va b. barpo etildi (Palmira yaqinidagi Qasr alXayr alGʻarbi, 8-a., Damashkdagi toqiravoqli jome masjid, 705—715 y.lar). Salibchilar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning harobalari saqlangan (Hims sh. yaqinidagi Klark deShevalye qoʻrgʻoni, 12-a.). 13—15-a.larda meʼmorlikda bezakka koʻp eʼtibor berildi, rang-barang koshinlardan, toshlardan, naqshdan keng foydalanildi, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. Kitob miniatyurasi sanʼati yuqori bosqichga koʻtarildi.
 
Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻlgan yillar (1516—1918) da turk meʼmorligiga xos hasham ortdi. Tasviriy sanʼatda nakshni asliga yaqinlashtirish avj oldi. 20-a.ning 60—90y.larida Vahbi alHaririy, Burhon Tayyor, Mahmud Nofal, TamimalKisraviy, Jozef Abduxdsid kabi meʼmorlarning loyihalari asosida zamonaviy binokorlik konstruksiyalaridan foydalanib, milliy shakldagi imoratlar qurila boshladi (Damashqdagi Kasaba uyushmalari binosi, Damashq va Halabdagi un-t korpuslari, Latakiyadagi munitsipalitet binosi va b.). Tasviriy sanʼatda modernizm unsurlari sezila boshlasada, koʻpgina rassomlar mahalliy badiiy anʼanalarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Jaʼfariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va b.). Xalq amaliy sanʼatida kashtachilik, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan.
 
Musiqasi. S. xalq va anʼanaviy musiqasida rivojlangan lad tizimi — maqomlar koʻp. Cholgʻu asboblari joʻrligida qoʻshiq aytish yetakchi musiqiy janrdir. Ud, rubob, gʻijjak, qonun va b. cholgʻu asboblari koʻp tarqalgan. Zamonaviy xalq orkestri tarkibiga yevropacha skripka, violonchel, kontrabas kabi cholgʻu asboblari ham kiritila boshladi. 1870 y. bastakor Mustafo alBashnak tashabbusi bilan Halabda musiqa maktabi ochildi. Milliy bastakorlik maktabini Solhi Uadsi, Dik Sukkari kabilar rivojlantirdilar. Xalq qoʻshiklari ijrochilaridan Shokir Brexan, Mutia Mafi, Saboh Faxrini koʻrsatish mumkin. Musiqaning ommalashuvida radio va televideniyening xizmati katta. Milliy musiqa kadrlari Damashq (1962 i. tashkil etilgan) va Halab (1963) konservatoriyalarida tayyorlanadi.
 
Teatri. S. teatr sanʼatining kurtaklari milliy marosim va bayramlardan boshlangan. Professional teatr 19-a. oʻrtalarida Damashqda Abu Xalil alQabboniy teatr truppasini tashkil etish bilan vujudga keldi. 1930y.lar oxirigacha mamlakatga kelib turgan Misr truppalari S. professional teatrining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 40y.larda Damashkda Abdullatif Fathiy rahbarligida teatr xodimlari jamoasi tashkil etilib, birinchi marta suriya lahjasida spektakllar qoʻyildi (1945—46). 1952 y. Sayodiddin Baxdunis tashkil qilgan truppa Damashq va Halabda 1957 y.gacha tomosha koʻrsatdi. 1956 y. Damashkda yarim professional Erkin teatr, Halabda Xalq teatri ishlay boshladi. 1957 y. pantomima xalq truppasi tuziddi. Damashkda arab milliy drama teatrining ochilishi S. madaniy hayotida katta voqea boʻldi. Mamlakatning eng isteʼdodli aktyorlari Ali Aklya Arsan, Asad Fiddo, A. Kinni shu teatrda ishlay boshladi. Teatr repertuaridan xorijiy mumtoz va mahalliy dramaturgiya asarlari oʻrin oddi. Bundan tashqari Damashqda "Ashshavq" ("Tikanak") satira teatri, Harbiy teatr, Dured Lyaham nomidagi satira va komediya teatri, Qoʻgʻirchoq teatri ham ishlaydi.
 
Kinosi. S.da birinchi kino seansi 1906 y.da boʻlgan. Birinchi toʻla metrajli "Aybsiz sudlanuvchi" (rej. Ayyub Badri) badiiy filmi 1928 y. yaratildi. 30y.larda "Damashq osmoni ostida" (rej. I. Anzur, 1932), "Burch amri bilan" va "Qahvaxona ashulachisi" (ikkala film rej. A. Badri, 1938, 1939) kabi filmlar yaratildi. Shundan keyingi salkam 30 y. mobaynida mustamlakachilar hukmronligi davrida kinofilmlar yaratish bilan havaskorlargina shugʻullandilar. 60y.larning 2-yarmi va 70y.larda ijtimoiy-siyosiy mavzudagi "Yuk mashina haydovchisi" (rej. B. Vuchinich, 1967, Toshkent 1 kinofestivalida faxriy diplom olgan), "Aldanganlar" (rej. T. Saloh), "Qoplon" (rej. N. Malex, 1972, KarloviVari, Lokarno va Damashq kinofestivallarida mukofot olgan) va b. filmlar yaratildi. Shundan soʻng Yaqin Sharq mojarosiga bagʻishlangan "Teskari yoʻl" (rej. Haddad, 1975), "Qahramonlar ikki marta tugʻiladi" (rej. S. Duxni) va "Qizil, oq, qora" (rej. B. Safiy, 1977) filmlari dunyoga keldi. Mervan Haddadning "Shirin muhabbatim" va Vadi Yusufning "Qopqon" (1980), N. Malexning "Eski suratlar" (1981) filmlari S. kinematografiyasining soʻnggi yillardagi muvaffiqiyatidir.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
{{stub}}
Qator 8 ⟶ 61:
{{Link FA|ar}}
{{Link FA|ur}}
 
{{OʻzME}}