Surnay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 26 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q230471 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[File:Zournas.jpg|thumb|right|150px|Surnay]]
'''Surnay''' — puflab chalinadigan [[cholgʻu asbobi]]. Oʻzbek, tojik, turk, Kavkaz, Eron xalqlari orasida keng tarqalgan. Shakli [[nay]]nikiga oʻxshaydi. Surnayning yuqori tomoni ingichka, pastki tomoni esa konussimondir. [[Oʻzbekiston]]da tarqalgan surnaylarning uzunligi 45-55 sm dir. Oʻzbekiston va [[Tojikiston]]da surnay [[karnay]], [[nogʻora]], va [[doira (cholgʻu asbobi)|doira]] bilan anʼanaviy maxsus ansambllarda keng qoʻllaniladi. Surnayning [[Xitoy]]da ishlatiladigan turi ''sona'', Kavkazorti xalqlarida ishlatilgan turi ''zurna'' deb ataladi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Surnay''' (fors, sur — toʻy, bayram va nay; toʻyda chalinadigan nay) — puflamatilchali musiqa cholgʻu asbobi. Oʻzbek, tojik, uygʻur va b. xalqlarda keng tarqalgan professional sozlardan. Asosiy tanasi 400—550 mm uzunlikdagi mevali daraxt (oʻrik, tut, yongʻoq) yogʻochidan, ichki tomoni silindr, baʼzida konus shaklida, karnaychasi kengaytirilgan holda yasaladi. Barmoq bilan bosiladigan 8 ta teshigi bor: 7 tasi yuza (ustki), 1 tasi orka (pastki) tomonida joylashgan. S.ning tilchasi (naypachoq, dudik) oddiy qamishdan pachoklanib ip bilan qattiq boʻgʻilib, birbiriga qapishtirib yasaladi va mil(nil)iga kiygiziladi. Mil cholgʻu tanasiga oʻrnatilgan bachka (fors, bacha — bola soʻzidan; S.ning tanasiga nisbatan boshqacha yogʻochdan ishlangan silindr)ga kiygiziladi. Milga esa ijrochi labiga tiralib, uning nafasini tashqariga chiqishidan muhofazalab turadigan ellips shaklidagi (hayvon shoxi, suyak, sadaf yoki metalldan ishlangan) halqa — sadaf oʻrnatiladi. Surnay diapazoni bir yarim — ikki oktavani tashkil etadi (cisd dan h3c3 gacha va undan yuqori). S.ning tovushi jarangdor, kuchli va juda oʻtkir. Fargʻona, Andijon, Toshkentda S.ning menzurasi (ichki teshigi diametri) kengroq boʻlganligi sababli tovushi mayinroq va nolali, Xorazm Si tovushi keskin va chiyildoq. S.da tovush hosil qilish murakkab boʻlib, sozandaning uzluksiz nafas olish jarayoniga asoslanadi. Mazkur ijro turi Oʻzbekistonda "qaytarma nafas" (Xorazmda "dam aylantirish") deyiladi. Bunda ijrochi lunjini shishirgan holda zaxira havoni ogʻzida saqlaydi va burundan nafas olayotgan paytida zaxiradagi xavoni chakka mushaklari yordamida surnay naychasiga yoʻllaydi. Natijada S.ga havo yuborilishida tovush uzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
 
Oʻzbekistonda S. ijrochiligida, asosan, 2 (Fargʻona — Toshkent va Xorazm) yoʻnalishi mashhur boʻlib, bir necha mahalliy markazlar mavjud boʻlgan; Andijon (Buloqboshi)dan Hojimat mehtar, Rustam mehtar Yusufalizoda, Ashurali mehtar, O. Rustamov va b., Fargʻonadan Otajon surnaychi, Qoʻqondan Hamroqul surnaychi, Ahmadjon qoʻshnay Umrzoqov va b., Toshkentdan Ubaydullayevlar, Mirzayevlar, Sobirovlar sulolalari va b., Xivadan Sariq mehtar, Bobojon surnaychi, Xudoybergan Qurbon, keyingi paytda Y. Tojiyev, M. Matyoqubov va b. tanilgan. S. karnay, nogʻora yoki doira joʻrligida ommaviylashgan maxsus ansamblni tashkil qilib, milliy anʼanaviy tomoshalarda, ("Surnay yoryori"), dorboz, qoʻgʻirchoqboz oʻyinlarida ("Duchava", "Dor oʻyin", "Ufarlar", Xorazmda "Qum pishigʻi", "Toʻrgʻay", "Zuvoniy", "Rotollo" va b.), turli marosim, yigʻin va sayillarda, raqslarda ("Shodiyona", "Katta oʻyin", "Dilxiroj", "Tanavor", "Munojot", Xorazmda "Orazibon", "Norimnorim", "Yelpasalandi" va, ayniqsa, "Surnay lazgisi") keng qoʻllaniladi. S. yakkanavoz cholgʻu sifatida ham mashhur. Ijro imkoniyatlarining boyligi va oʻziga xos xususiyatlarga egaligi tufayli unda chalinadigan kuylar alohida ajralib turadi. Shashmakrmdagi Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari shoʻʼbalari asosida yaratilgan surnay yoʻllari "Surnay Buzrugi", "Surnay Navosi", "Surnay Orazi", "Surnay Dugohi" (savt va ufari bilan) gʻoyat sevimlidir. "Mushkiloti Segoh va Ufari", "Surnay Irogʻi" kabi kuylarning koʻpchiligi yirik turkumli asarlardir. Ayniqsa, Navo maqomining S yoʻllari keng tarqalgan boʻlib, asosan, nikoh toʻylarida ijro etiladi. Xorazmda S. uchun maxsus S maqomlari mavjud boʻlib, ular Tanbur chizigʻiaa oʻz aksini topgan ("Muhammasi Rost", Navo maqomidan "Peshrav zanjiri", "Ufari Navo" va b.), lily yerda, shuningdek, maqom yoʻllari negizida yaratilgan mumtoz kuylari ham mashhur ("Nadramaddin", "Birollayim" va b.). S. hozirda anʼanaviy va baʼzi milliy estrada ansambllari, xalq cholgʻu asboblari orkestrlarida ishlatilmoqda. Oʻzbekiston kompozitorlaridan A. Kozlovskiy ("Lola" syuitasi), Sayfi Jalil (1simfoniyasi), M. Tojiyev (4 va b. simfoniyalari) va b. S.ning oʻziga xos tembrini simfonik orkestri vositalari yordamida yetuk badiiy mavkeda ifoda etganlar. S. ga yaqin sozlar Kavkaz (ozarbayjon, arman va b.) xalqlari va turklarda zurna, Xitoyda sona, Hindistonda shexnay deb ataladi.
 
Botir Matyoqubov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Yasalishi ==
Qator 20 ⟶ 29:
[[Turkum:Oʻzbek cholgʻu asboblari]]
[[Turkum:Puflama asboblar|Surnay]]
 
{{OʻzME}}