Tabiiy tanlanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 67 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q43478 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{evolutsiya}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tabiiy tanlanish''' - organizmlar evolyutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. T.t. haqidagi taʼlimot Ch. Darvin tomonidan yaratilgan (1858— 59). Olimning fikricha, T.t. — yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nayel krldirishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning esa qirilib ketishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi va moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Irsiy oʻzgaruvchanlik T.t. ning taʼsiri uchun zarur zamin hisoblanadi. T.t. ning bevosita natijasi esa organizmlarning tashki muxitning muayyan sharoitiga moslanishi mukammallashishidan iborat. T.t. tufayli organizmlar xilmaxilligi orta boradi; progressiv evolyutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi ham mukammallashib boradi; muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar nobud boʻladi.
 
T.t. haqidagi Ch. Darvin konsepsiyasi S. S. Chetverikov, R. Fisher, S. Rayt, I. I. Shmalgauzen, J. Xoldeyn, F. G. Dobrjanskiy va b. olimlarning ishlarida yanada rivojlantirildi. T.t. ning genetik mohiyati populyatsiyada ixtisoslashgan muayyan genotiplarning saqlanib, genlarning keyingi avlodga uzatilishida tanlanib ishtirok etishidan iborat. T.t. alohida olingan fenotipga yoki genga taʼsir etmaydi, balki genotipning tashqi muhit bilan oʻzaro taʼsiri natijasida shakllanadigan (q. [[Genotip]]) muayyan fenotip (tirik organizmning barcha belgilari yigʻindisi)ga taʼsir qiladi. T.t. organizmlar oʻzgaruvchanligining bevosita sababchisi boʻlolmaydi, lekin mutatsiyalarning tezligi va yoʻnalishiga taʼsir koʻrsatadi. Bu jarayon T.t. ning ijodiy roli deyiladi. T.t. taʼsiri yirik populyatsiyalarda aniq bilinadi. Populyatsiyadagi individlar sonining kamayib borishi bilan tasodifiy omillarning ahamiyati ortib boradi. T.t. ayrim organizmlarga taʼsir qilish (individual tanlanish) bilan birga organizmlar guruhiga ham taʼsir koʻrsatadi (guruhli tanlanish). Bu jarayon alohida organizm uchun foydasiz, lekin ular guruhi uchun foydali boʻlgan belgilarning sak,lanib qolishiga imkon berishi mumkin. Shu tariqa yuksak hayvonlarda altruistik belgilar shakllanadi, mas., qushlarning qichqirigʻi ularning oʻzini dushmanga oshkora qilib qoʻyganidan ayrim individga zararli boʻlsada, xavf toʻgʻrisida ogohlantiruvchi signal boʻlgani tufayli turning boshqa individlari uchun foydali hisoblanadi. Tabiatda T.t. bir necha yoʻnalishda taʼsir qiladi va har xil natijaga olib keladi. Shuning uchun T.t. harakatlantiruvchi tanlanish, dizruptiv tanlanish, turgʻunlashtiruvchi tanlanish, jinsiy tanlanish kabi xillarga ajratiladi. Antidarvinizmga mansub turli konsepsiyalar T.t. ni evolyutsiyaning asosiy omili sifatida tan olishmaydi (yana q. [[Sunʼiy tanlash]]).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Tabiiy tanlanish''' [[nasldorlik|nasldan naslga]] oʻta oluvchi foydali [[irsiy belgi|belgilarning]] [[organizm]]lar populatsiyasi [[avlod]]larida yoyilishi va zararli belgilarning kamayishiga sabab boʻluvchi jarayondir. Tabiiy tanlanish [[fenotip]] orqali ishlaydi, yaʼni yashab qolib, nasl qoldira oluvchi organizmlar fenotipi (foydali fenotip) kengroq tarqalib, shu populatsiyadagi boshqa organizmlar fenotipini siqib chiqaradi. Agar bu fenotiplar [[genetika|genetik]] asosga ega boʻlsa, tegishli [[genotip]]ning keyingi avlodlardagi chastotasi oshadi. Vaqt oʻtishi bilan bu jarayon organizmlarning muayyan [[ekologik pana]]lar uchun [[moslashish (biologiya)|moslashishi]], va alal-oqibat [[turlanish (biologiya)|yangi turlar kelib chiqishiga]] olib kelishi mumkin.
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}}