Tandir barra: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
tandir bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|tandir}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Tandir barra''', tandir — milliy taom turi. T.b. koʻproq toʻy, bayram va yigʻilishlarda ziyofat dasturxoniga tayyorlanadi. Asosan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, shuningdek Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlariga (Urgut, Zomin, Forish) xos. T.b. tayyorlash uchun yonbagʻir yerdan diametri 1 m, chuq. 1,5 m keladigan oʻra qaziladi yoki tandir quriladi. Tandir ichi guvala kattaligidagi toshlar bilan aylantirib urib chiqiladi. Tandirga atrofidagi toshlar qiziguncha oʻt yoqiladi. Yangi soʻyilgan qoʻy goʻshtiga tuz va ziravorlar sepilib, archa shoxlari qadalib, tandir ichiga osiladi. Tandir ostida toʻplangan choʻgʻ ustiga goʻshtdan tomgan yogʻ yigʻiladigan katta mis togʻora qoʻyiladi. Togʻora atrofiga archaning yashil barglaridan tashlanadi. Tandir usti tunuka togʻora bilan yopilib, atrofi loy bilan suvaladi. T.b. 3 soat chamasi dimlanadi.