Tariqat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 1 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q816321 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Islom}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tariqat''' (arab. — yoʻl, usul) — tasavvufga xos tushuncha. Unga koʻra, sufiy yoki solik tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechishi, doim kambagʻallikda qanoat qilib yashashi, tarkidunyo qilishi, har narsani xudodan deb bilishi, xudoni sevishi va unga intilishi, ixtiyorini pir, murshidga topshirishi lozim. Bundan tashqari T. tushunchasi koʻproq tasavvuf yoʻnalish (suluk)i, tarmogʻi maʼnosida qoʻllaniladi. Tarixda tasavvuf tariqatlarini notoʻgʻri tushunish va talqin qilish natijasida baʼzi mutaassiblikka berilish xrlatlari ham kuzatilgan. Tasavvufda T. koʻp boʻlgan, mas., tayfuriya, qodiriya, suhravardiylik, bektoshiya va b. Oʻrta Osiyoda naqshbandiya, kubroviylik, yassaviylik T.lari tarqalgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Tariqat''' ({{lang-ar|'''طريقه'''}} yoʻl, usul) — [[so’fiylik]]ka xos tushuncha. Uch maʼnoda ishlatiladi: 1) umuman soʻfiylik yoʻli; 2) soʻfiylikning muayyan tarmogʻi, yoʻnalishi; 3) soʻfiylik bosqichlaridan biri. Lekin Tariqatni soʻfiylik yoʻnalishlari (suluklari), tarmoqlari maʼnosida qoʻllash kengroq tarqalgan. Soʻfiylikning bosqichi sifatida Tariqat soʻfiylar oldiga qoʻyiladigan oʻziga xos talablar majmuasini, xilma-xil ruhiy-jismoniy xatti-harakatlarni oʻz ichiga oladi. Tariqatga qadam qoʻyish — tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pir-murshid (eshon)ga topshirishdan boshlanadi. Undan keyin Tariqat yoʻlida soʻfiy yana bir necha bosqich (maqom)larni, jumladan doim kambagʻallikda, tasodifiy [[rizq]] hisobiga yashash (faqr), tarki dunyo qilish (zuhd), har narsani faqat xudoga solish (tavakkul), uni sevish va unga intilish (muhabbat, shavq) va boshqa bosqichlarni oʻtaydi. Soʻfiylikning baʼzi yoʻnalishlari insonni nafaqat [[zohidlik]], balki mutaassiblik yoʻliga ham yetaklaydi. Soʻfiylikda Tariqatlar gʻoyatda koʻp boʻlgan. Hozirgacha ayrim [[Sharq mamlakatlari]]da saqlanib kelayotgan [[qodiriya]] ([[Eron]] va [[Afg`oniston|Afgʻonistonda]]), rifoiya ([[Eron]]), [[tayfuriya]] ([[arab mamlakatlari]]), [[mavlaviya]] ([[Turkiya]]), [[chishtiya]] ([[Hindiston]], [[Pokiston]]), [[bektoshiya]] ([[Turkiya]]), [[safaviya]] ([[Eron]]) va boshqa shular jumlasidandir. [[Oʻrta Osiyo]]da esa, ilgaridan [[naqshbandiylik]], [[kubroviylik]],[[yassaviylik]] tariqatlari tarqalgan.
 
Qator 6 ⟶ 11:
 
[[Turkum:Islom]]
 
{{OʻzME}}