Tatariston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 94 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q5481 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Image:Tatar03.png|250px|thumb|right]]
'''Tatariston Respublikasi''' (''Татарста́н''; {{lang-tt|Татарстан Республикасы, Tatarstan Respublikası}}) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi huquqiy va demokratik davlat, Volgaboʻyi federal okrugi tarkibiga kiradi. Rossiya va dunyoda iqtisodiy jihatdan rivojlangan hududlardan biri.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tatariston''' (Tatarstan), Tatariston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika, Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan. Mayd. 68 ming km2, Aholisi 3,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Qozon sh. 43 tuman, 20 shahar, 20 shaharcha bor.
 
Davlat tuzumi. T. — respublika. Davlat boshligʻi prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Davlat kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi.
 
Tabiati. T. hududining aksariyat qismi Volganing soʻl sohilidagi tekislikdan iborat. Chekka jan.sharkda BugulmaBelebey qirlari, oʻng sohilda Volga boʻyi qirlari joylashgan. Neft, gaz, bitum, gips, ohaktosh, dolomit, qoʻngʻir kumir, torf konlari bor. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha trasi —13° dan —15° gacha, iyulda 19—20°. Yillik yogʻin — 400—450 mm. Asosiy daryolari — Volga va Kama hamda Kamaning irmoqlari — Vyatka, Ij, Oq Idil. Quyi Kama va Samara suv omborlarining bir qismi T. hududida. T.ning shim. qismi oʻrmon zonasida, jan. kismi oʻrmondasht zonasida joylashgan. Tuprokdari podzol, kulrang oʻrmon va qora tuproqlar. Butun hududning 16% oʻrmon (togʻterak, oq qayin, lipa, eman, zarang daraxtzorlari). Hayvonot dunyosi: boʻri, tulki, bugʻu, tiyin, burunduk,, sugʻur, quyon, qushlardan karqur, kaklik, toʻxtatuvaloq va b. Quyi Kama milliy bogʻi, VolgaKama qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
 
Aholisi, asosan, tatarlar (48,5%) va ruslar (43,3%)dan iborat. Chuvash, mordva, udmurt, ukrain va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 74%. Davlat tillari — tatar va rus tillari. Dindorlari — musulmon sunniylar va xristianlar. Yirik shaharlari: Qozon, Naberejniye Chelni, Almat, Nijnekamsk, Zelenodolsk.
 
Tarixi. T. hududida odam ilk paleolit davridan yashay boshlagan. Tosh davrining barcha bosqichlariga xos manzilgohlar topilgan. 6—7-a.larda T.ning Turk xoqonligi bilan aloqasi kuchaygan. 9-a.gacha hozirgi T. hududida major (madyar) qabilalari yashagan. Keyinchalik ularni VolgaKama bulgʻorlari surib chiqargan. 10—14-a.larda T. VolgaKama Bulgʻoriyasi tarkibiga kirgan. 1236 y. moʻgʻullar bostirib kelgan va u 1241 y.da Oltin Oʻrda xonligiga qoʻshib olingan. 14-a. oxiri — 15-a. boshlarida Qozon tatarlari shakllana bordi va Oltin Oʻrda barbod boʻlgach, T. hududida Qozon xonligi tashkil topdi (1438). Rus qoʻshinlarining yurishlari (1545—52) natijasida Kozon xonligi bosib olindi. 1708 y.da Qozon guberniyasi tashkil etildi. 18— 19-a.larda oʻlkada sanoat va madaniyat rivojlandi. Movut toʻqish, kemasozlik, koʻnchilik, mis eritish, sovungarlik korxonalari barpo etildi. 1804 y. Qozon universiteti ochildi. 1861 y. dehqrnlar islohotidan keyin dehqonlarning Bezdna qoʻzgʻoloni boʻlib, uni talabalar ham koʻllab-quvvatladilar. T. mehnatkashlari 1905-07 y.lardagi inqilobda faol qatnashdilar. 1917 y. fev. inqilobidan soʻng milliy demokratik tashkilotlar, jumladan, tanikli inqilobchi M. Vaxitov boshchiligida Musulmon sotsialistik qoʻmitasi tuzildi. 1917 y. 26 okt. (8 noyab.)da Qozonda Shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918—19 y.larda T. hududi 2 marta oq gvardiyachilar qoʻliga oʻtdi. 1920 y. 27 mayda RSFR tarkibida T. ASSR tashkil etildi. 1990 y. 27 avgustda T. Oliy Kengashi respublikaning davlat suverenitetini eʼlon qildi. 1992 y.dan T. Respublikasi deb atala boshladi, 1991 y. prezident lavozimi taʼsis etildi.
 
Xoʻjaligi. T. — Rossiya Federatsiyasi tarkibida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan respublikalardan biri. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 46,2%, qishloq xoʻjaligi.niki 7,5%, qurilishniki 8,2%, transportniki 5,1%.
 
Sanoati. Katta neft konlari ochilishi tufayli iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Romashka, Shugurovo, Bavli va Zay daryosi boʻylaridagi neft va gaz konlari ishga tushirildi. Nijnekamsk neft kimyosi sanoatining yirik markaziga aylandi. Qozon shahridagi Kreml, nekamskshina" ishlab chiqarish. birlashmalari). Kime sanoati (Qozondagi sintetik kauchuk va roʻzgʻor kimyosi, Mendeleyevskdagi kimyo zdlari), mashinasozlik va metall ishlash (Naberejniye Chelnidagi koʻp yuk ortiladigan mashinalar, Qozon, Bugulma, Yelabuga, Chistopol, Zelenodolskdagi kompressor, neft va transport mashinauskunalari, gaz apparatlari, stanok, EHM, vertolyot, soat va sovutkich ishlab chiqarish.), motorsozlik (aviadvigatellar), tibbiyot (kimyofarmatsevtika birlashmasi, davolash asbobuskunalari) sanoati rivojlangan. Yengil sanoatda koʻnpoyabzal, moʻynachilik, tikuv, trikotaj, zigʻir tolasini qayta ishlash va b., oziq-ovqat sanoatida goʻsht, sut, sariyogʻpishloq, qandshakar tarmoklari yetakchi hisoblanadi. Bu tarmoklarning korxonalari Qozon, Zelenodolsk, Chistopolda joylashgan.Yogʻochsozlik sanoati durust rivojlangan. Elektr energetika sanoati mazut va tabiiy gaz negiziga qurilgan (Nijnekamsk va b. issiqlik elektr styalari).
 
Qishloq xoʻjaligi donchorvachilik yoʻnalishida rivojlangan. Burdoy, suli, grechixa, javdar, arpa, qand lavlagi, kungaboqar, makkajoʻxori, kartoshka, sabzavot, texnika va yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Gʻarbda bogʻdorchilikka eʼtibor beriladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Quyonchilik va asalarichilik rivojlangan.
 
Transporti. T.da avtomobil, t.y., havo transporti rivojlangan T.y. uzunligi — 879 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. — 12357 km. Volga, Oq Idil, Vyatka daryolarida kema qatnaydi (ichki suv yoʻllari uz. — 933 km). Krzon sh.da xalqaro aeroport bor. T. hududida bir necha yirik neft va gaz quvurlari, jumladan Almatdan Sharqiy Yevropaga tortilgan neft quvuri, shim.gʻarbda Urengoy—Markaziy Rossiya va Urengoy — Pomari—Ujgorod qitʼalararo gaz quvurlari oʻtadi.
 
Tibbiy xizmati. T.da 15 ming vrach aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Har 10 ming aholiga 44 vrach toʻgʻri keladi. Vrachlar Qozondagi tibbiyot intida tayyorlanadi. 150 dan ortiq sanatoriykurort muassasalari, jumladan, Bakirovo, Vasilyevo, Ijevsk mineral suvi. VarziYatchi kurortlari, Tarlovkadagi iklimiy kurort mavjud.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 20-a.ning 90y.lari oxirida 24 mingdan koʻproq maktabda 500 mingdan ziyod, 65 ta oʻrta maxsus oʻquv yurtida 55 ming oʻquvchi, 15 ta oliy oʻquv yurtida 70 mingga yaqin talaba taʼlim oldi. Muhim oliy oʻquv yurtlari: Qozon unti, texnika, tibbiyot, texnologiya untlari, veterinariyatibbiyot akademiyasi. RF Fanlar akademiyasining Qozon ilmiy markazi, neft i.t. va loyiha inti, kompressor mashinasozlik ilmiy ishlab chiqarish. birlashmasida i.t.lar olib boriladi. Qozonda T. birlashgan davlat muzeyi, Tasviriy sanʼat muzeyi, Adabiyot muzeyi, Bugulmada oʻlkashunoslik muzeyi va b. muzeylar bor.
 
Adabiyoti. T. yozma adabiyoti boy tarixga ega. Shoir Gʻalining "Yusuf va Zulayho" dostoni (13-a. boshi), muallifi nomaʼlum boʻlgan "Kesikbosh" va "Taqvodorlarga nasihat" asarlari bizgacha yetib kelgan. Qozon xonligi Rossiyaga qoʻshib olinishi va xalqning istibdodga qarshi kurashi adabiyotda oʻz aksini topdi ("Pugachyov haqida qoʻshiq" va b.). Oʻrta asrlarda tatar mumtoz adabiyoti sufiylik ruxida davom etdi.
 
19-a. tatar sheʼriyatida realizm uslubi qaror topdi. Abdujabbor Qandaliy (1797—1860), Miftohitdin Oqmulla (1831—95) va Yakov Yemelyanov (1848—99) shu oqimning atoqli namoyandalaridir. 19-a. oxirlarida maʼrifatparvarlik harakati kuchaydi. Qayum Nosiriy (1825—1902) adabiy va ilmiymaʼrifiy asarlari bilan zamonaviy tatar tiliga asos soldi. Shu davrda dastlabki roman va dramalar paydo boʻldi. 20-a. boshlarida A.Toʻqay, O.Ibrohimov, Majid Gʻafuriy va b. adiblar tatar xalqining ogʻir ahvoli va istibdodga qarshi kayfiyatini, adolatga boʻlgan orzuumidlarini ifoda etdilar. Okt. inqilobidan soʻng tatar adabiyoti ham sovet adabiyoti oʻzanidan borishga majbur boʻldi. 2jahon urushida qatnashgan va uning dahshatlarini tasvirlagan tatar adiblari F.Karim, A.Alish, O.Qutuylar orasida Musa Jalil alohida ajralib turadi. Uning fashistlar zindonida yozgan "Maobit daftari" sheʼrlar kitobi muallifga abadiyat keltirdi. 20-a.ning 2yarmida ijod qilgan shoirlardan I.Yuzeyev, Sh.Galiyev, S.Sulaymonova, R.Xarisov, yozuvchilardan N. Fattoh, G.Muxametshin, dramaturglardan Yu.Aminov, S.Shakurov, T. Minullinlar xalq hayotini imkon qadar haqqoniy yoritishga intildilar. T. bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy va, ayniqsa adabiy aloqalar uzok, oʻtmishda boshlangan. Ikki xalqning yozma va ogʻzaki ijodiyoti bir-biriga yaqin. Tatar yozuvchilariga Alisher Navoiy ijodining taʼsiri kuchli boʻlgan. Adiblardan Muhammadyor, A.Qandaliy, Q.Nosiriy, O.Ibrohimov, A.Toʻqay va b. Navoiy asarlarini gʻoyat qiziqib oʻrganganlar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida ikki xalqning adabiy va madaniy aloqalari rivojida tatar matbuotining roli katta boʻldi, tatar tilidagi gaz. va jurnalilar Turkistonda keng tarqaldi. H.H.Niyoziy, Soʻfizoda, Mirmuhsin Shermuhamedov, Abdulla Qodiriy va b. oʻzbek adiblari tatar matbuoti va adabiyotidan bahramand boʻldilar. A.Toʻqay, O.Ibrohimov, F.Amirxon, Musa Jalil va b. tatar yozuvchilarining nazmiy va nasriy asarlari oʻzbek tiliga, Abdulla Qodiriy, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Asqad Muxtor, Eʼtibor Oxunova va b.ning asarlari tatar tiliga tarjima qilingan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. T. hududida neolit davriga mansub kush va hayvonlarning haykalchalari, naqshin guldor sopol idishlar, jez davriga oid bezak buyum va idishlar topilgan. Volga boʻyi bulgʻorlarining Suvara, Bilyar, Bulgʻor va b. shaharlarida mudofaa inshootlari, toʻgʻri burchakli turar joylarning qoldiqlari, imoratlarning vayronalari (10—13-a.lar) saqlanib qolgan. Oltin Oʻrda xonligi xukmdorligi davrida (13-a. oʻrtalari) gʻisht va toshdan Oʻrta Osiyo meʼmorligi uslubiga yaqin boʻlgan rasmlar, rangdor keramika, naqshli oʻymakorlik bilan bezatilgan qalʼa, saroy, hammom, maqbaralar qurilgan. Qozon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingach, rus meʼmorligining taʼsiri kuchaydi (Qozon Kremli, 16-a.). 18-a.da qisman barokko uslubi yoyildi, 19-a.da rus klassitsizmining taʼsiri sezildi (Kozon unti, 1825—30). 20-a. boshlarida qorishiq meʼmorlik rayem boʻldi, yogʻoch uylar koʻproq qurildi. Amaliy bezak sanʼati turlaridan zargarlik, zardoʻzlik, patsiz gilam toʻqish, charmdoʻzlik, tosh va yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi.
 
20-a.ning 20y.laridan T. meʼmorligi umumittifoq yoʻnalishidan bordi. Eski shaxarlar (Qozon, Bugulma, Chistopol va b.) qayta kurildi, yangi shaharlar (Nijnekamsk, Naberejniye Chelni va b.) barpo etildi. Jamoat binolaridan Qozondagi Matbuot uyi (1933—37, meʼmor S.Pen), Musa Jalil nomidagi opera va balet teatri (1933 — 56, meʼmor N.Skvorsov va I.Gaynutdinov), Qozon sh.dagi stadion (1960, meʼmor P.Sanachin va b.), konservatoriyaning konsert zali (1967, meʼmor M.Agishev va b.), sirk (1967, meʼmor G.Pichuyev) qurildi.
 
19-a.da rangtasvir va grafika sanʼati (L.Kryukov, V. Turin) rivojlana boshladi. 1895 y. Qozonda ochilgan rassomlik maktabida P. Benkov, N.Feshin va b. dare berdi. 20-a. boshlarida M.Galeyev, G.Gumarov kabi dastlabki grafik bezakchilar voyaga yetdi. 20-a.ning 20—30y.larida rassomlar (rangtasvirchi, haykaltarosh va fafik B.I.Urmanche, haykaltarosh S.Oxun, grafik F.Tohirov) ijod qila boshladi. 60—90y.larda I.Rafiqov, G.Rahmonqulov, L.Fattohov, X.Yoqubov, N.Odilov, R.Nigmatullina, V.Malikov, 3. Gimayev, K. Nafikov kabi rassomlar, I. Kolmogorseva, I.Yazinin kabi grafiklar ijodi mashhur boʻldi.
 
Musiqasi. T. professional musiqasi xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida vujudga kelgan. Musiqiy folklorda qoʻshiqchilik asosiy oʻrin tutadi: uzun kuy (lirik ashulalar), qisqa kuy (hazil va oʻyin qoʻshiqlari), takmak (lapar), munojot (diniy qoʻshiqlar), bayt (epik termalar) va b.
 
Hoz. xalq qoʻshiklarining aksariyati garmon yoki bayan joʻrligida ijro etiladi. Cholgʻu asboblari: quray (nay turi), changqoʻbiz, mandolina, domra, gusli va b. 1920y.lardan G.Kamol nomidagi musikali teatr T. milliy musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi.
 
Teatr musiqasi, ommaviy qoʻshiq janrlari rivojiga S. Saydashev katta hissa qoʻshgan. "Soniya", "Ishchi" kabi dastlabki tatar operalari shu teatrda qoʻyildi. 20y.lardan musiqa texnikumlari, radiomarkaz, opera studiyasi ochildi; 1937 y. A. Toʻqay nomidagi filarmoniya, ashula va raqs ansambli, Xalq ijodi uyi, 1939 y. T. opera va balet teatri tashkil etildi. Opera janrini N. Jiganov, X .Valiullin, M. Muzafarov, J. Fayzi, baletni F.Yarullin va b., musiqiy komediyani J. Fayzi rivojlantirdilar. A. Abbosov, Z.Bayrasheva, A. Izmaylova, G.Kaybitskaya, M. Bulatova, F.Nasriddinova, M.Rahmonqulova, Z.Xizmatullina, V.Sharipova kabi xonandalar, X.Fazlullin, J.Sadrijiganov kabi dirijyorlar, M. Nigmedzyanov, 3. Saydasheva, J. Fayzi kabi musiqashunoslar mashhur. Musiqa kadrlari Qozon pedagogika intining musika ftida, konservatoriya va uning huzuridagi maxsus maktabda, musiqa maktablarida tayyorlanadi.
 
Teatri. Xalq oʻyinlari va tomoshalari T. teatr sanʼatining ilk manbalari boʻldi. Milliy teatr 19-a. oxiri— 20-a. boshlarida shakllana boshladi, dastlabki havaskor teatr truppalari vujudga keldi. 1906 y. Qozonda tatar tilidagi birinchi teatr tomoshalari koʻrsatildi. 1920 y. turli teatr jamoalari asosida "Birinchi namunali tatar davlat truppasi" (1939 y.dan G.Kamol nomidagi T. akademik teatri) tuzildi. 20—30y.larda tatar teatri tez surʼatlar bilan rivojlandi. Ketma-ket teatrlar: "Sabanchi" (1920), "Eshchi" (1932), Kuchma teatr (1933), G.Kamol nomidagi teatrning qishloq filiali, Menzeli qishloq teatri (1935) tashkil etildi. Ularning sahnasida mahalliy dramaturglardan K.Tinchurinning "Amerikalik", "Yelkansiz qayiq", "Kandra daryosida", F.Burnashning "Keksa Kamol", T. Izzatning "Uchqunlar", "Oqimlar", shuningdek, U.Shekspir, F.Shiller, P.Bomarshe, N.Gogol pyesalari qoʻyildi. 50—60y.larda rej.larning yangi avlodi (M.Salimjonov, P.Isanbet, R.Tumashev, M. Mustafin) teatr sohasida ish boshladi. Boshka xalklarning , shu jumladan, Oʻzbekistonning teatr jamoalari bilan ijodiy aloqalar kengaydi, gastrol safarlari uyushtirildi: G.Kamol nomidagi T. akademik drama teatri Toshkentga bir necha bor kelib, oʻz spektakllarini namoyish etdi. Qozonda yosh tomoshabinlar teatri, T. drama va komediya teatri, qoʻgʻirchoq teatri, T. sayyor drama teatri ishlaydi. Teatr sanʼatining tanikli arboblari: X.G. Abjalilov, F.Xalitov, Sh.Biktimirov, V.Pavlova, G.Shamukov va b.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Poytaxti(Boshkenti) — [[Qozon]] shahri.
Qator 29 ⟶ 70:
[[Maxsus:Contributions/109.205.254.112|109.205.254.112]] 09:33, 25 yanvar 2012 (UTC).
Rossiya Federatsiyasininig 3dan 1 qismini tashkil etadigan millat hisoblanadi.
 
{{OʻzME}}