Tez aytish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 43 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q230052 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
Xalq og‘zaki ijodi turlaridan biri bo‘lmish '''tez aytish''' ayrim nutq tovushlarining ko‘p qaytarilishi yoki tovushlarning so‘z va iboralar tarkibida talaffuzni qiyinlashtiradigan darajada murakkab joylashishiga asoslanadi. Ayniqsa, bu iboralar tez aytilayotgan paytda, aytuvchi bu murakkab tovushlarni talaffuz qila olmasdan adashib ketishi tinglovchilarning beozor kulgusiga sabab bo‘ladi. [[O‘zbek tili|O‘zbek]] tilida bu iboralarning tez aytish deb nomlanishi ham shundan kelib chiqqan.<br />
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tez aytish''' — oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining bir turi. T.a.da yanglishib ketish mumkin boʻlgan qofiyadosh soʻzlardan tuzilgan jumlalar qoʻllanadi. Unda muayyan tovushlar, ayniqsa, jarangli undoshlar takrorlanadi va soʻzlar ritm, urgʻular bilan tez aytiladi. Mas., Besh mis barkash, besh mis barkashning ichida besh ming mis barkash. T.a.da har bir tovush oʻz oʻrnida toʻgʻri, ravon talaffuz etilishi shart. Tovushlar talaffuzida yanglishgan tomon (kishi) yengilgan hisoblanadi. Oʻtmishda katta yoshdagi odamlar ham oʻtirishlarda, toʻylarda T.a.da musobaqalashib, madaniy hordiq olganlar. Keyinchalik, asosan, bolalar repertuariga aylangan. T.a.lar bolalarning fikrlash qobiliyatini, soʻz boyligini oshirishga va nutqining ravon boʻlishiga xizmat qiladi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Lekin ko‘pchilik turkiy tillarda tez aytishlar talaffuz qilinayotganda odamning yanglishib ketishi holatini ko‘zda tutgan holda nomlangan, masalan [[Qirg‘iz tili|qirg‘izchada]] ''жаңылтмач'', [[Qozoq tili|qozoq]] va [[Qoraqalpoq tili|qoraqalpoq]] tillarida ''жаңылтпаш'', [[Turk tili|turk]] tilida ''yanıltmaç'', [[Turkman tili|turkmanchada]] ''yangiltmach'', [[Ozarbayjon tili|ozarbayjonchada]] ''yangiltmach'', va b.<br />
O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotida tez aytishlar qadim zamonlardan beri mavjud. Professor Hodi Zarif tuzgan «O‘zbek folkloru» xrestomatiyasida tez aytishga 12 ta misol keltirilgan.<br />
Qator 117 ⟶ 122:
 
[[Turkum:Xalq ogʻzaki ijodi]]
 
{{OʻzME}}