Televizor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 29 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q8075 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Image:Braun HF 1.jpg|thumb|right|[[1959]] yilda [[Germaniya]]da chiqarilgan ''Braun HF 1'' televizori.]]
'''Televizor''' ('''TV''') yoki '''oynai jahon''' [[televideniye|televizion]] signallarni qabul qilib, ularni [[tasvir]] va [[tovush]]ga aylantirib beruvchi [[elektronika|elektron]] qurilmadir.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Televizor''' (tele... va lot. viso — qarayman) — telestudiyadan uzatiladigan teleeshittirishlarning elektr signallari (telesignallar) ni kabul qilish, kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun moʻljallangan radioelektron qurilma. Rangli va oqqora, statsionar va Kuchma xillari bor. Televizion markazdan tarkatilgan elektr signallarini toʻlqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orkali T. ga uzatadi. Bunda tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, soʻngra kineskop va radiokarnayga oʻtadi. Generatorlar (satr yoyish va kadr yoyish generatorlari) vositasida kineskop ekranida televizion rastr hosil qilinadi. Oqqora T.da tasvir signallari qora va yorugʻ elementlar koʻrinishida namoyon boʻladi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, T.lar bir, uch, besh, oʻn ikki, oʻttiz bir va b. kanalli boʻladi. T.da qabul qilish uchun metrli toʻlqinlar diapazonida ishlaydigan televizion kanallardan foydalaniladi. Detsimetrli diapazondagi dasturlarni qabul qilish uchun T.larga alohida moslama — konvertor qoʻyiladi. U detsimetrli signalni qabul qilib, chastotasini birinchi, ikkinchi yoki boshqa televizion kanal chastotasiga moslab beradi. T.larning tuzilishi standartlashtirilgan. Ularning soddalashtirilgan sxemasi kanalning almashlab ulash bloki, tasvir va ovoz kanallari, sinxronlash kanallari, yoyuvchi blok va elektr quvvati bilan taʼminlovchi blokdan iborat. Telestudiyalar bir necha dasturni bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini koʻrish uchun T.da sozlash blokidan foydalaniladi. Bu blok yuqori chastotali kuchaytirgich bilan tutashtirilgan boʻladi. Tasvir va tovush signallari bir-biridan farq qiladigan chastotalarda uzatilganligi uchun bu signallar kuchaytirilganidan soʻng yuqori chastotali tebranishlar ajraladi va boshqaboshqa mustaqil kanallar boʻyicha ketadi. Tovush signallari tebranishlari tovush blokiga tushadi. Tasvir blokida detektor yuqori chastotali tebranishlardan tasvir signallarini ajratib oladi. Rangli T.larning tuzilishi ancha murakkab, ular oqqora T.lardan ranglar kanali bloki va rangli kineskopi bilan farq qiladi. Rangli televideniye tizimi 3 kanalli boʻladi. Monoxrom tashkil etuvchilar — kizil (Q), koʻk (K) va zangori (3) ranglar rang qorgichida aralashadi, soʻngra uzatgich modulyatoriga oʻtadi. Tebranishlar qabul qilgichda qaytadan 3 chastota (Q, K va 3) kanaliga boʻlinib, rangli kineskopga oʻtadi. Sifat koʻrsatkichlari, ekranining oʻlchami va foydalanishga qulayligi boʻyicha T. 4 sinfga boʻlinadi: I — III sinfdagisi — statsionar T.lar, IV sinfdagisi — portativ (koʻchma) T.lar. Odatda, T. bosma montajdan keng foydalanilgan alohida konstruktiv bloklardan tuziladi. Tlarda, asosan, yarim oʻtkazgichli asboblar, integral platalar, tranzistorlar qoʻllaniladi. Ekrani tekis va elektrolyuminoforda ishlaydigan, juda katta va mitti ekranli T.lar yaratilgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
{{stub}}
Qator 7 ⟶ 12:
[[Turkum:Telekommunikatsiyalar]]
[[Turkum:Elektronika]]
 
{{OʻzME}}