Gematit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Temir yaltirogʻi bilan birlashtirishga andoza qo‘shildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Temir yaltirogʻi}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Gematit''' (yun. haima — qon), temir yaltirogʻi — temirning keng tarqalgan minerali. Kimyoviy formulasi Gʻe2O3. Tarkibida 70% gacha temir bor. Baʼzan titan (11% gacha TiO2 titanogematit), alyuminiy (14% gacha A12O, — alyumogematit), marganes (17% gacha — marganesgematit), suv (N,0 8% gacha gidrogematit) aralashmalari boʻladi. Trigonal singoniyali. Kristallari koʻpincha plastinkasimon, varaqsimon, buyrak shaklida, rangi poʻlatrang — kulrangdan qoragacha. Yarim metallsimon yaltiraydi. Chinniga chizilsa qizil iz qoldiradi. Qattiqligi 6—6,5. S. of. 5,3. Qizdirilganda magnitlanadi, 1594° t-rada eriydi. G. intruziv jinslarda, gidrotermal konlarda kvars, barit, magnetit, xlorit b-n birga va vulkan kraterlari devorlarida uchraydi. Nurash jarayonida temir gidroksidlarining suvsizlanishi natijasida ham G. hosil boʻladi. Regional metamorfizm jarayonida G.ning juda katta massalari vujudga keladi. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama togʻlaridagi temir konlarida (Surenota. Gʻova, Toʻrangli, Chaqadambuloq), koʻp metalli konlarda (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopkan, Konsoy) koʻp tarqalgan. Ukraina (Krivoy Rog), RF (Kursk magnit anomaliyasi, Ural togʻlari, Sibirda), AKSH, Kanada, Braziliya, Hindiston va b. mamlakatlarda yirik konlari bor. G. rudalari choʻyan va poʻlat olishda muhim xom ashyo hisoblanadi. Toza kukunsimon xillari boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi: G. — temir olinadigan ruda.