Til (aʼzo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Til (maʼnolari)}}
'''Til''' — odam va umurtqali hayvonlar ogʻiz boʻshligʻidagi muskulli organ. Baliqlarda T. shilliq parda burmasidan iborat boʻlib, visseral skelet bilan harakatlanadi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda T. harakatchan, u ovqatni tutadi, ogʻiz boʻshligʻiga suradi, nafas yoʻlini berkitadi va h.k. T.da koʻpgina bezlar va taʼm bilish retseptorlari rivojlangan. Suvda va quruqlikda yashovchilarda esa shilliq parda burmasidan tashqari, T. tarkibiga kiradigan bezlar ham bor. Sudralib yuruvchilar T.ining shakli va harakatlanishi turlicha (mas., toshbaqa va timsohlar T.i kam harakatlanadi; koʻpchilik kaltakesak va ilonlar T.i uzun va harakatchan). Qushlar T.ining shakli har xil, odatda, shox qatlami juda rivojlangan, kam harakat. Sut emizuvchilar T.i yaxshi taraqqiy etgan, harakatchan, bezlari hamda soʻrgʻichlari koʻp va ovqatni chaynash, yutish, taʼm bilish, baʼzan ovoz chiqarishda ham ishtirok etadi.