Tojik tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DennyBot (munozara | hissa)
k bot tomonidan imlo toʻgʻrilandi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 13:
|sil=
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tojik tili''' — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Shim. Afgʻonistonda, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. T.t.da jami 10 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 4 mln.dan, Oʻzbekistonda 1 mln.dan ortiq, Afgʻonistonda 4 mln.ga yaqin) kishi soʻzlashadi (2001). Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor.
 
Adabiy T.t. qad. forstojik tili (9— 15-a.lar)ga — fors, tojik va dari tillarida soʻzlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib takaladi. 20-a.da adabiy tilning soʻzlashuv tili bilan yaqinlashuvi natijasida unda, ayniqsa, leksikada, jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi.
 
T.t.dagi ilk yozma yodgorliklar 9-a.ga mansub. Tojikiston Respublikasidagi T.t.da 1929 y. gacha arab, 1940 y.gacha lotin, 1940 y.dan rus grafikasi asosidagi yozuvdan foydalaniladi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Tojik tili''' ({{lang-tg|забони Тоҷикӣ}}) [[Tojikiston]], [[O‘zbekiston]], [[Eron]]ning shimoliy-sharqiy qismi, [[Afg‘oniston]]ning shimoliy qismi, [[Turkmaniston]]ning janubiy qismi hamda [[Xitoy]]ning shimoliy qismida yashaydigan aholining so‘zlashuv [[til]]i hisoblanib, dunyoda 6 milliondan ziyod kishi bu tilda gaplashadi. Tojik tili [[eron]]iy tillarining [[pahlaviy]] tili oqibatida vujudga kelgan. Milodiy 8-9 asrlarda [[Yaqin Sharq]] va [[O‘rta Osiyo]]da fan va madaniyat tili darajasiga ko‘tarilib, [[forsii dariy]] sifatida davlat tili maqomiga erishgan. 9-15 asrlarda she‘riyat tili sifatida nash‘unamo qilib nodir asarlar yaratildi. Misol sifatida bir "Layli va Majnun" dostonining o‘zi 88 shoir tomonidan turlicha talqinda yozildi. [[Rudakiy]], [[Abu Ali ibn Sino]], [[Firdasiy]], [[Xayyom]], [[Rumiy]], [[Saʼdiy]], [[Hofiz]], [[Jomiy]], [[Bedil]] dek allomalar ushbu tilda ijod qilishdi.
Qator 203 ⟶ 212:
 
[[Turkum:Tillar]]
 
{{OʻzME}}