Tokugava: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

9-May 2013, 14:27 dagi koʻrinishi

Tokugava — Yaponiyada syogunlar sulolasi (1603—1867). Tokugava Ieyasu tomonidan asos solingan. Davlatn" mustaxkamlash uchun T. hukmdorlari bir necha bor islohotlar oʻtkazishgan. Xususan, har bir tabaqaning majburiyati va huquqi qatʼiy belgilab berilgan; dehqonlar yerga biriktirib qoʻyilgan; savdosudxoʻrlik kapitali taraqqiyoti cheklangan, knyazlar ustidan qatʼiy siyosiy nazorat oʻrnatilgan. Mamlakatdagi tartiblarni oʻzgarishsiz saqlab qolish, shuningdek, tashqi xavfxatarning oldini olish maqsadida T. hukumati 17-a.

ning 30-y.larida Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qoʻygan. 18-a. oxirida T. davlati tanazzulga uchragan. 1853 y. AQSH harbiy kemalari mamlakatga bostirib kirgan. AQSH va Yevropa davlatlari T. hukumatining Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qoʻyish siyosatini bekor qilishga majbur qilib, 1854—58 y. larda u bilan tengsiz Ansey bitimlarini imzolashgan. 1867—68 y.lardagi Meydzi isin inkilobi natijasida T. hokimiyati barham topgan.