Tofalar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
Tofa tiliga fr: nomdan yoʻnaltirildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Tofa tili bilan birlashtirishga andoza va yangi matn qo‘shildi
Qator 1:
#REDIRECT[[{{birlashtirishga|Tofa tili]]}}
'''Tofalar''' (oʻzlarini tofa, toxa deb atashadi, ilgarigi nomi — karagaslar) — RFning Irkutsk viloyati, Nijneudinsk rni (Ud a, Biryusa, Kan, Gutara, Iya va b. daryolari boʻyi)da yashovchi xalq. 0,7 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Turkiy tillarning uygʻur guruhiga mansub tofa tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, lekin, shomonlik ham qisman saqlangan. T.ning shakllanishida Jan. Sibirning ket, turkiy, moʻngʻul va b. qabilalari ishtirok etgan. Bu jarayonda asosiy rolni turkiylarning toba (dubo) qabilalari oʻynagan. T. sharqiy tuvaliklarga — tojinliklarga qarindosh boʻlib, faqat 1757 y.dan keyin ulardan ajralgan. 19-a.ga kelib alohida xalq sifatida shakllangan. 20-a. boshlarigacha T. quyidagi urugʻlarga boʻlingan: kash, sariqkash, chogʻdu, qorachogʻdu, cheptey va b. Mashgʻuloti — ovchilik va koʻchmanchi bugʻuchilik boʻlgan. 20-a.da T. oʻtroq hayotga oʻtgan. 1980-y.lardan boshlab T.da oʻz tarixini oʻrganish va madaniyatini qayta tiklashga intilish kuchaygan.
 
{{stub}} {{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->