Tarkan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
New page: thumb|250px| ==Biografiya== Tarkan 1972-yil 17-oktabrda Germaniyaning Frankurt shaxri yaqinlaridagi Alzey qishlogʻida dunyoga keldi. 13 yoshida, otasi Ali Tev...
(Farq yoʻq)

11-Fevral 2008, 18:27 dagi koʻrinishi

Biografiya

Tarkan 1972-yil 17-oktabrda Germaniyaning Frankurt shaxri yaqinlaridagi Alzey qishlogʻida dunyoga keldi. 13 yoshida, otasi Ali Tevetoglu oʻgʻlini qarori bilan Karamurselda Turk Klassik Musiqasi oʻrganishga boshladi. Karamursel musiqa jamiyatidagi tahsilidan soʻng, Uskudar musiqa jamiyatida oʻsha yoshida Levent Yikilmaz bilan san'at dunyosiga birinchi jiddiy qadamini otdi.

Faoliyat

1991-1999

Tarkan Istambul Studiasining sohibi Mehmet Sogutoglu bilan, doʻsti Alpay Aydin orqali tanishti. Istambul Studiasida 1992-yil birinchi alboʻmi "Yine sensiz"(yana sensiz)ni chiqardi. Bu alboʻmdagi "Kil oldum abi" qoʻshigʻi qisqa vaqt ichida tinglovchilar tarafidan juda mashxur boʻldi. Bu qoʻshiq tufayli Turkiya Tarkanni tanidi. 1994-yil Sezen Aksu bilan birgalikda "A-Acayipsin" (ajoyibsan) alboʻmini chiqardi. Bu alboʻmi bilan Turkiya va Yevropada 24 konsert berdi. Bu albomi 2,5 milliondan ortiq sotilgan.

Keyinroq til oʻrganish maqsadida N'yu Y'orkga ketti. U yerda taniqli Amerika prodyuseri Ahmet Ertegun bilan tanishdi va Atlantic Recordsda yangi ishlar yaratdi. 1995-yil N'yu Y'ork - Palladiumda boʻlib oʻtgan konserti juda katta muvofaqqiyatlar keltirdi. 1997-yil Iyul oyida 3-alboʻmi "Olurum Sana"ni chiqardi. U alboʻm eng koʻp sotilgan alboʻmlaridan biri boʻldi. Oʻsha yili HITT deb nomlangan oʻz musiqa shirkatini qurdi. 1998-yilda Tarkan, Walt Disneyning Gerakl ismli multfilmining turkcha dublajida bosh qahramon Geraklga ovoz berdi.

2000-2007

Tarkan 2000-yilda 14-yanvar kuni, butun daromati zilziladan keyingi ta'mir ishlari uchun ketgan konsert berish uchun va vatan burji bo'lgan askarlikni ado qilishi uchun Turkiyaga qaytdi. Konsertni berib boʻlgandan koʻp oʻtmay armiyaga ketdi.

2001-yil Tarkanning Kuzu Kuzu singlesining besh hil versiyasi chiqdi. Keyinroq "Karma" alboʻmi chiqdi. Oʻsha yili AQShning eng tanilgan gazetasi Washington Postda Tarkanni Turkiyaning madaniy ihtiyoj moli ekanligi haqida maqola chiqdi. Washington Post, san'atchining Fransiyadan Denmarkgacha jadvallarda yer egallagan va Rossiyada eng ko'p rus boʻlmagan pop yulduzuning sotilgan albomining sohibi boʻlganini ta'kidladi. 2003-yil "Dudu" albomini chiqardi. Bu albomning birinchi qoʻshigʻi Dudu Rossiyada eng yaxshi chetel qoʻshigʻi deb qabul qilindi. 2004-yil Turkiyaning eng katta benzin sotish firmasi bo'lgan OPETning reklamasida rol oldi. 2005-yil "Bounce" deb nomlangan va katta muvofaqiyatlar keltirgan albomi chiqardi. 2006-yil esa Come Closer deb nomlangan albomini chiqardi. U albomdagi Strat The Fire qoʻshigi uchun 2-singlesini chiqardi. Remix va Singlelardan tashqari 6-turkcha albomi boʻlgan Metamorfozni 26-dekabr 2007-yilda chiqardi. Albomning sotish raqami 10 kun ichida 350.000dan oshdi.

2008-yilda Come Closer albomini yangidan mixlanib AQSh va Anglya boshda, butun dunyoda chiqishi kutilyapti.

Andoza:Tarkan

Andoza:Link FA