Togʻ echkilari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

9-May 2013, 17:07 dagi koʻrinishi

Togʻ echkilari (Sarga) - quvush shoxli juft tuyoqlilar urugʻi. Gavdasining uz. 100—170 sm, yagʻrinidan bal. 65—115 sm, vazni 35—150 kg . Serkasi (erkagi) uzun "soqoli" va dumi ostida hid bezlari rivojlangan. 8 turi bor. Shim. Afrika, Yevrosiyoda, jumladan, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir togʻlarida tarqalgan. Chiqish qiyin boʻlgan qoyali joylarda yashaydi. Oʻzbekiston togʻlarida 2 turi: burama shoxli echki, yaʼni morxoʻr (Koʻhitang va Bobotogʻda) va Sibir togʻ echkisi (Turkiston va Chatqol togʻ tizmalarida) uchraydi. Yilda 1—2 bola tugʻadi. 15—17 yil yashaydi. Goʻshti va terisi uchun ovlangan. 2 turi ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Soni keskin kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqj aro tashkiloti Qizil kitobiga 2 turi va 2 kenja turi kiritilgan.