Tuzlar — versiyalar orasidagi farq

35 bayt qoʻshildi ,  8 yil oldin
k
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (Boshqa maʼnolari qoʻshildi)
{{Maʼnolari|Tuzlar (maʼnolari)}}
'''Tuzlar''' — kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga muvofiq, T. eritmada musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. T. quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) T., nordon (yoki gidro) T., asosli (yoki gidrokso) T., aralash T., qoʻsh T., kompleks T. — natriy sulfat, K4R2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon T. gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Sa(NSO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli T. hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli T.dan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli T.ni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash T. — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi ON~ guruxlarining birini xlor ioni S1~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash T. Sa(OS1)S1 kelib chiqadi. Qoʻsh T. — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KA1(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh T. garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh T.ni kompleks T. deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks T., 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks T. kelib chiqadi. Umuman qoʻsh T. bilan kompleks T. orasida anik, chegara yoʻq: qoʻsh T. atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.
 
187 764

ta tahrir