Prussiya qirolligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: endilikda Wikidata d:q27306 sahifasida saqlanadigan 44 intervikini koʻchirdi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 149:
Urushda obroʻsini yoʻqotgan Avstriya Fransiya va Rossiya bilan ittifoq tuzish harakatiga tushdi. Prussiya esa Buyuk Britaniya bilan ittifoq tuzishda bir qancha muammolarga duch keldi.
 
1756-1757-yillarda Fridrixning ikkinchi marta Saksoniya va Bogemiyada bostirib kirishi [[Yetti yillik urush]] boshlanishiga sabab boʻldi. Prussiya armiyasi bu urushda Yevropaning koʻplab buyuk davlatlari armiyalariga qarshi urushib katta obroʻ topdi. Bu urushda Rossiya, Fransiya, Avstriya va Shvetsiya ittifoqiga qarshi Prussiya, Buyuk Britaniya va Gannover ittifoqi qarshi kurashdi. 1760-yilning oktabrida ruslar vaqtinchalik Berlin va [[Kengsberg]]ni egallashganda Fridrix oʻz hududlariga boʻlgan jiddiy bosqin xavfini oldini oldi. Vaziyat qirollik uchun yomonlashishda davom etdi, lekin rus imperatori Yelizaveta Petrovna vafotidan soʻng vaziyat tezda oʻzgardi. Ittifoqga Pyotr III boshchiligida Rossiya qoʻshilgach sharqiy xatarning oldi olindi. HuddiXuddi oʻsha paytda urushdan Shvetsiya chiqdi.
 
Prussiya [[Burkersdorfdagi jang]]da Avstriya armiyasini magʻlub etgach, qitʼada tinchlik oʻrnatildi. Bu natija Prussiyani nemis davlatlari orasida yetakchi qilib, qirollikni Yevropaning buyuk davlatlaridan biriga aylantirdi. Qirollikning qariyb yoʻq boʻlib ketishi xavfini koʻrgan Fridrix shundan soʻng bironta ham urush boshlamadi.
Qator 208:
Bismark tuzgan imperiya kontinental Yevropaning eng kuchli davlatlaridan biriga aylandi. Shimoliy German ittifoqidagiga oʻhshab Prussiya imperiya tarkibida ham mutlaq hukmron edi. Prussiya imperiya hududining beshdan uchiga va aholisining uchdan ikkisiga ega edi. Imperatorlik toji Gogentsollernlar sulolasiga tegishli boʻlib qoldi.
 
Lekin boʻlajak muammolarning ildizi imperiya va pruss tizimlari orasidagi katta farqlarda edi. Imperiyada 25 yoshdan katta erkaklar umumiy teng huquqli ovoz berish huquqiga ega edilar. HuddiXuddi shu paytda Prussiyada cheklangan uch tabaqali ovoz berish tizimi mavjud edi va aholining 17,5 %i hayotning barcha sferalari boshqarar edi. Prussiya bosh vaziri ikki davrni (1873-yil yanvar — noyabr va 1892-1894-yillar) hisobga olmaganda bir vaqtda imperiya kansleri ham hisoblanardi. Bu esa imperiya mavjud boʻlgan davrning katta qismida qirol/imperator va bosh vazir/kanslerga ikki mutlaq bir-biridan farq qiladigan qonunchilik va saylov tizimlarida ishlashga toʻgʻri kelgan.
 
Bismark qolgan Yevropa yangi reyxning kuchidan xavfsirab, imperiyani yoqtirmasligini tushunib Berlin kongressiga oʻxshash bitimlar bilan tinchlikni saqlashga intilgan.