Kanberra: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Kanberra''' — Avstraliya Ittifoqi poytaxti. Shahar atrofi b-n alohida maʼmuriy birlik — Avstraliya poytaxt hududini tashkil etadi. Mamlakatning jan.-sharqiy qismida, Berli-Griffin koʻli sohilida joylashgan. Iqlimi subtropik kontinental iqlim. Iyulning oʻrtacha t-rasi 5,9°, yanv. niki 20,7°. Oʻrtacha yillik yogʻin 620 mm. Aholisi 310 ming kishi (1999).
 
Mamlakatning muhim maʼmuriy, madaniy va ilmiy markazi. 1927 y.dan parlament va hukumat qarorgohi. Avtomobil yoʻllari va avia aloqalar tuguni, t.y.temir yoʻl stansiyasi. K.da hukumat idoralari, milliy va chet el monopoliyasi va savdo firmalari vakolatxonalari joylashgan. Oziq-ovqat, yengil, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Iqtisodida turizm muhim oʻrin egallaydi. Avstraliya milliy un-ti, tex. kolleji, oʻrmonchilik akademiyasi, Avstraliya FA, Milliy kutubxona, konservatoriya bor. K. yaqinidagi Maunt-Stromlo togʻida yirik astronomiya rasadxonasi joylashgan. Shahar 1913 y.dan amerikalik meʼmor — U. B. Griffin rejasi boʻyicha poytaxt shahar sifatida qurila boshlagan. Parlament uyi (1927), Milliy un-t (1952) va b. turli meʼmoriy binolar (1975) zamonaviy uslubda qurilgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==