Al-Uqsur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Luqsor''' (arab, al-aqsar) — Misrdagi shahar, Nil daryosi oʻrta oqimining oʻng sohilida. Aholisi 360,5 ming kishi (1996). T.y.Temir yoʻl stansiyasi. Aeroport bor. L. — iqlim kurorti. Iqlimi quruq choʻl iqlim; yomgʻir deyarli yogʻmaydi. Oʻrtacha t-ra yanvarda 16,7°, martda 22, G. L.da buyrak, yuqori nafas aʼzolari xastalangan bemorlar davolanadi. Xalqaro turizm markazlaridan. Mehmonxona, pansionat koʻp. Hunarmandchilikda es-dalik buyumlari (suvenirlar) tayyorlanadi.
 
L. qad. Fiva (Misrning mil. av. 21— 11-a.lardagi poytaxti) oʻrnida bunyod boʻlgan. L.ning gʻarbiy chekkasida AmonRa, Mut va Xonsu xudolarining ibodatxonalari joylashgan. Bu yodgorliklarda Yangi podsholik davrining (mil. av. 16—11-a.lar) meʼmoriy anʼanalari aks etgan, kolonnadalardan keng foydalanilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>