Olmaliq: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
||
Qator 1:
'''Olmaliq''' — Toshkent viloyatidagi shahar (1951 y.dan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600—650 m balandlikda. Toshkent sh.dan 60 km jan.-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida. Shaharning shim.sharqida Qurama tizmasi, shim. va jan.sharkda Chatqol tizmalari bor. Yaqin
O.da Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi z-di qurildi. O.da respublika q.x.ning 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" z-di, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari k-ti, "Olmalik,-gʻisht", "Oqtosh" korxonalari, "Krvul-di" oltinli rudani qazib olish koni va b. korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmokda. O.ga Toshkent— Angren t.y.dan shoxobcha chikarilgan. Toshkent — O. avtomobil yoʻli oʻtgan. Navoiy konmetallurgiya in-tining kon metallurgiya f-ti, 23 umumiy taʼlim maktabi, 12 kutubxona, 3 madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, musiqa va sanʼat maktablari, 3 stadion, 36 sport zali, 86 voleybol va basketbol maydonlari, 11 gandbol, 18 tennis zallari va 5 suzish havzasi bor. Shaharda markazlashgan hududiy tibbiy birlashma, bolalar kasalxonasi, "Kimyogar" kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, silga qarshi kurashish dispanseri, tugʻruqxona, 10 poliklinika va b. tibbiy muassasalar ishlab turibdi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|