Kaliningrad: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Kaliningrad''' (1946 y. 4 iyulgacha Kenigsberg) — RFdagi shahar, Kaliningrad viloyati markazi. MM.Kalinin nomiga qoʻyilgan. Pregolya daryosining har ikki sohilida. Boltik, dengizi boʻyidagi muzlamaydigan Baltiysk port shahri b-n chuqur kanal orqali bogʻlangan. T.y.Temir yoʻl tuguni. Aholisi 413 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Baliq ovlash va transport floti bazasi. Mashinasozlik va metallsozlik (kema tuzatish, vagonsozlik, "Elektrosvarka", avtoagregat z-dlari bor, baliqni qayta ishlash jihozlari ishlab chikariladi), sellyuloza-qogʻoz, oziq-ovqat (shu jumladan, baliqni qayta ishlash), yengil sanoat korxonalari bor. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t), 2 teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, kahrabo muzeyi mavjud. Shahar yaqinida dengiz boʻyi iqlim kurortlari joylashgan.
 
K.ga 1255 y. qalʼa sifatida asos solingan. 1525—1618 y.larda Prussiya gersogligi poytaxti. 1701 y.dan Prussiya qirolligi tarkibidagi mustahkam qalʼa. 1758—1762 y.darda Sharqiy Prussiyaning rus general-gubernatorligi markazi. 1871 y.da Germaniya tarkibiga kirdi. Kenigsberg 1945 y. apr. boshida shoʻrolar armiyasi tomonidan shafqatsiz bombardimon qilinishi natijasida shaharda tarixiy meʼmoriy yodgorliklar saqlanmagan. Aholisi esa butunlay koʻchirib yuborilgan. 1945 y. Potsdam konferensiyasi karoriga asosan, Kenigsberg atrof hududlari b-n birga sobiq Ittifoq tarkibiga oʻtdi. K. Kaliningrad viloyati tarkibida alohida iqtisodiy r-n maqomini olgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>