Meteorologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 7:
M. insonning amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan, ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning oʻzgarishi va tabiiy fanlarning ravnaq topishi bilan bogʻliq holda rivojlandi. M. sohasidagi dastlabki tadqiqotlar antik davrga oiddir. Qad. madaniyatga ega boʻlgan mamlakatlar (Xitoy, Hindiston, Misr va b.) da meteorologik kuzatishlar juda koʻp yillar ilgari olib borilgan. Zamonaviy ilmiy M. asosi faqat 17-a.ga tegishli deyish mumkin. 17-a.ning 1-yarmida G. Galiley va E. Torrichelli barometr va termometrii ixtiro qilganlaridan keyin M. tez rivojlana boshladi. 17—18-a.larda M. mustaqil fan sifatida tarkib topdi. 17-a. ning oxiri va 18-a.
 
ning 1-yarmida atmosfera hodisalarini nazariy tu-shuntirishda va miqdoriy qonuniyatlarini aniqlashda baʼzi tajribalar, jumladan, E. Galley (1735) ning passat va mussonlar nazariyasi, birinchi barometrik formulasini, P. Buger (1729)ning atmosferada radiatsiyaning kuchsizlanish krnuni va b.ni aniqlashda baʼzi tajribalar oʻtkazildi. 18-a.ning oʻrtalarida rus olimlari M. V. Lomonosov va G. V. Rixman, amerikalik olim V. Franklin tomonidan atmosfera elektri boʻyicha tajribalar oʻtkazildi. 19-a.ning boshlarida A. Gumboldt Yerning birinchi iqlim haritasini tuzdi. Jahonda dastlabki Bosh fizika (hozirda geofizik) rasadxonasi 1849 y.da Peterburgda tashkil etildi. 19-a.ning oʻrtalarida Antarktidadan boshqa barcha qitʼalarda meteorologik st-yastansiya davlat tarmogi tashkil etilib boʻlgan edi. Bu davrda mu-him meteorologik asboblar, t-ra oʻlchovidan namlikni aniqlaydigan Avgust psixrometri (1825), kosali barometr, aneroid (1847), termograf, aktinometr yaratildi. U paytlarda M. fizika fani sifatida rivojlandi, lekin tadqiqotlar kuzatish materiallarini statistik tahlil yoʻnalishi boʻyicha olib borildi.
 
M.ning yangi davri sinoptik usullarning taraqqiyoti bilan boshlanadi. Obhavo xizmati tuzildi. 19-a.ning 50-y.larida ingliz gidrografi va meteorologi R.Fitsroy va fransuz olimi U. Leveryelar elektrik telegrafdan foydalanib, obhavoni prognoz qilish maqsadida amaliyotda kundalik obhavo haritasini tuzishni tatbiq etdilar. Sinoptik M. bilan bir vaqtda dinamik M. ham rivojlana bordi. M. rivojlanishida 20-a.
 
ning 30-y.larida atmosferaning yuqori qatlamlarini oʻrganishda radiozondlarning uchirilishi muhim oʻrin tutadi. Bu davrda obhavoni oʻrganishda aviatsiya xizmatiga talab orta boshladi. Meteorologik kuzatish tarmoqlari va xizmati okeanlarga, tropik mintaqa, Arktika va Antarktikada keng yoyila boshladi. Obhavo haritalarini va b. materiallarni faksimil uzatishda telealoqadan foydalanish kengaydi; avtomatik meteorologik st-yalarstansiyalar paydo boʻldi; meteorologiya maqsadida radiolokatsiya, raketa snaryadlari va b. tatbiq etila boshlandi. Obhavo hodisalariga faol taʼsir etish ishlari ham rivojlandi.
 
M. Oʻzbekistonda 1921 y.da Toshkentda Turkiston meteorologiya in-ti (Turkmet) tashkil etilgandan keyin rivojlana boshladi. Shu yilning kuzida Turkmetda sinoptika boʻlimi tashkil etilib, obhavo maʼlumotlariga ega boʻlgan byulletenning 1nashrini chiqara boshladi va Turkiston hududi boʻyicha sifatli kundalik prognoz tay-yorlashga kirishdi. 1925 y.dan bu in-t Oʻrta Osiyo meteorologiya in-ti (Sredazmet) deb atala boshlandi. 1927 y. noyabr oyidan oʻzining bosmaxonasida oylik obhavo meteorologiya byulletenini muntazam ravishda nashr eta boshladi.