Ozarbayjon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 22:
Xoʻjaligi. O. — industrial-agrar mamlakat. Neft, temir ruda, alunit konlari bor; oltingugurt kolchedani, barit, kobalt, molibden, margimush kabilar sanoat asosida qazib chiqariladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 54,2%, q.x.ning ulushi 26,1%.
 
Sanoati ning yetakchi tarmoklari: neft, gaz, kimyo, mashinasozlik, metallsozlik, binokorlik materiallari va elektr energetika. Yengil va oziqovqat sanoati ham rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 23,3 mlrd. kVt-soat elektr energiya xrsil qilinadi (asosan, issiklik elektr st-yalaridastansiyalarida). Neft Apsheron ya.o., Kura-Arake pasttekisligi va Kaspiy dengizidan, gaz esa Kr-ratogʻDuvaniy va Zira-Goʻrgon tumanlaridagi konlardan qazib olinadi. Neft va gaz asosida kimyo va neft kimyosi sanoati mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, kaustik soda, sintetik kauchuk, shina va b. mahsulotlar (Sumgait, Salyani, Neftechala, Min-gechaur, Boku) ishlab chikaradi. Mashinasozlik va metallsozlik, asosan, neft sanoati uchun mashina-qurilmalar, elektr dvigatellar, transforma-torlar, kabel, radioelektron appa-ratlar, priborlar i.ch.ga ixtisoslashgan. Q.x. mashinasozligi, kemasozlik, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskuna i.ch. rivojlangan (Boku, Ganja, Min-gechaur, Xonkendi, Naxichevan, Kuba).
 
Qora va rangli metallurgiya Sumgaitdagi quvur prokati va alyuminiy, Ganjadagi alyuminiy, Bokudagi poʻlat arkrn z-dlaridan ibo-rat. Boku, Ganja va Mingechaurda ip gazlama k-tlari, Sheki va Xonkendida shoyi k-tlari joylashgan. Paxta tozalash, jun gazlama va gilam toʻqish, ti-kuvchilik va trikotaj, un, vino-konyak, baliq sanoati korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligi ning asosi — dehqonchilik, uning yalpi mahsulo-ti 80% sugʻoriladigan yerlarga toʻgʻri keladi. Yuqori Shirvon, Yuqori Kr-rabogʻ, Samur-Apsheron kanallari, Jayron-Batan, Arake suv omborlari barpo etilgan. Paxtachilik q.x.ning yetakchi tarmoqlaridan biri. Tamaki va choy ham yetishtiriladi. Gʻalla ekinlaridan bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, sholi, shuningdek, sabzavot ekinlari ekiladi. Bogdorchilik va tokchilik rivojlangan. Subtropik mevalardan anor, anjir, yapon xurmosi, bodom koʻplab yetishtiriladi. Apsheron ya.o.da zaʼfaron va zaytun oʻsadi. Chorvachilik goʻsht-jun va goʻsht-sutga ixtisoslashgan. Krramol, qoʻy, echki, choʻchqa, parranda boqiladi, pillachilik bilan shugʻullaniladi.