Kanada: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 38:
Xoʻjaligi. K. — yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, q.x. ulushi 2,2%.
 
Sanoati. Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar i.ch. jihatdan K. taraqqiy etgan koʻpgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qogʻoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yogʻochlari i.ch.da dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. K.da koʻmir, neft, temir rudasi, volfram, uran (metall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kancha yirik issiqlik elektr st-yastansiya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoat da oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metallurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar yetakchi oʻrinda .
 
Mashinasozlik ishlab chikaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmogʻi — transport mashinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomotivso zli k). Boshqa sanoat tarmoqlaridan q.x. mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun uskunalar i.ch. kor-xonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Monreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni sh.larida, alyuminiy, rangli metallar i.ch. Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda toʻplangan. Neftni kayta ishlash z-dlari Monreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va plastmassa i.ch. rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Monreal, Toronto, NiagaraFole va Kitchener. Un tortish, goʻsht, baliq-konserva va likyor-araq i.ch. oziqovqat sanoatining asosiy tarmoqlari boʻlib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik, koʻn-poyabzal va tikuvchilik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Monrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qogʻoz, karton i.ch. markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kishloq xoʻjaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. K-xga yaroqli yerlarning U4 qismiga yaqini yirik xoʻjaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermalar b-n band. Dehqonchilik ustun. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zigʻir, tamaki), oʻt va yem-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps yetishtiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xoʻjaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Yetishtirilgan bugʻdoyning ‘/2 qismidan ziyodrogʻi, arpa hosilining ‘/3 qismi chetgachiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va ot boqiladi. Q.x. mahsulotining 60% ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi.