Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 24:
Oy sunʼiy yoʻldoshlari yordamida Oydan keltirilgan ayrim vulqon jinslarining yoshi qariyb 4,5 milliard yilligi aniqlandi. Bu yillar davomida Oyning tuzilishi, fizik tabiati, kimyoviy tarkibida katta oʻzgarishlar yuz bergan. Lekin shular asosida Oyning paydo bulishi haqida uzil-kesil biror fikr aytish qiyin. Oyning paydo boʻlishi va taraqqiyotini muxim maʼlumotlarga tayangan ilmiy gipotezalar asosida kosmogoniya fani tushuntiradi.
 
Oyni tadqiq qilishning yangi bosqichi Oyga sayyoralararo avtomatik stansiyalar (SAS)ni uchirishdan boshlandi. Oyni "Luna" va "Zond" tipidagi SASlar b-n, "Lunar Orbiter", "Serveyer" va asosan, [["Apoll[[on"]] dasturi yordamida tadqiqqilindi. Oyning toʻliq haritasi va globusini yasash imkoni tugʻildi. 1966 y. 31 yanv.da uchirilgan SSSRning "Luna-9" KK 1966 y. 3 fev.da Oyga birinchi marta yumshoq qoʻndirildi. Uning yordamida O. panoramasi Yerga uzatildi. Oy atrofida aylanuvchi sunʼiy yoʻldosh 1966 y. 31 martda uchirilgan "Luna-10" st-yasistansiyasi bilan boshlandi. U 1966 y. 3 aprelda Oyning birinchi sunʼiy yoʻldoshiga aylantirildi. Oyga qoʻndirilgan SASlar Oy tuprogʻini, uning kimyoviy tarkibini va mexanik xossalarini, fizik sharoitini oʻrganishga imkon berdi. Maʼlum boʻlishicha, Oy sirtqi qismining zichligi 1,1 — 1,2 g/sm3 boʻlib, 1 kg/sm3 nagruzkagacha chidaydi. 1969 y. 21 iyulda Oyga birinchi marta amerikalik astronavtlar N. Armstrong va E. Oldrin "Apollon-11" (AQSH) kosmik kemasi yordamida uchirildi va Oy sirtiga qoʻndirildi. Keyingi [["Apoll[[on"]]larda uchirilgan 18 ta astronavtdan 10 tasi O.ga qoʻndirilib, ular O.da tekshirish olib bordilar (5rasm) va u yerdan bir necha yuz kg tuproq, togʻ jinslari, kristallar namunalarini Yerga olib tushdilar (q. [["Apoll[[on"]]). 1970 y. 20 sent.da "Luna-16" st-yasistansiyasi Oy tuprogʻini 35 sm chuqurlikkacha qazib, undan olingan namunalarni Yerga olib keldi. Oy tup-rogʻi va jinslaridan namunalar keyinchalik "Luna-20" va "Luna24" avtomatik stansiyalar tomonidan ham keltirib oʻrganildi (q. "Luna"). Oy sirtining fizik sharoitlari, tuproq namunalari,shuningdek, SSSRning "Lunoxod-1,2 ("Luna-17" tomonidan Oyga 17.11,1970 va "Luna-21" tomonidan 16.1.1973 y.da eltilgan) i.t. laboratoriyalari tomonidan ham yaxshi oʻrganildi (q. [["Lunoxod"]]). Bu apparatlar yordamida Oyda issiklik oqimining oʻzgarishi, magnit maydoni, radiatsiya darajasi, Quyosh "shamoli"ning tarkibi va intensivligi oʻrganildi.
 
Oyning kosmik apparatlar qoʻndirilgan hamma joyida Oy sathi regiolit bilan qoplanganligi aniklandi. Regiolit — yumshoq qoʻngʻir rangli tuproq qatlami boʻlib, qalinligi bir necha m dan bir necha oʻn m gacha. Regiolitning baʼzi boʻlaklarida meteorit zarralari topilgan. Yerga keltirilgan namunalar orasida ikki turli jinslarni uchratish mumkin: vulqon jinslari (lavalar) va meteoritlar tushganida maydalangan va erigan jinslar (shisha sinikdarini eslatuvchi jinslar — brekchiya). Vulqon jinslarining asosiy massasi Yerdagi bazaltlarga oʻxshaydi. Ularda plagioklaz, piroksen, ilmenit, olivin, shpinel, sirkon, apatit, metalli temir va mis uchraydi. Shuningdek, Oydan keltirilgan namunalarda norit, anortozit, datsit va kaliy, fosforlar borligi aniklandi. Oy tuprogʻida kremniy oksidi (SiO2) 44% ga yaqinni, temir oksidi (GʻeO) — 19,5% ni, alyuminiy oksidi (A12O3) — 14% ni, titan oksidi (TiO2) — 4% ga yaqinini tashkil etadi. Jinslarning barcha turlari Oy qaʼrida uzoq vaqt davom etgan erish jarayonida hosil boʻlgan. Oy jinslari qator xossalari bilan Yernikidan farq qiladi. Ularda suv gʻoyat kam, natriy va uchuvchi elementlar esa juda oz mikdorda uchraydi, baʼzi namunalarda titan va temir juda koʻp.