Meksika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 32:
Xoʻjaligi. M. — industrial-agrar mamlakat. Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,5%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 9%. M. paxta, shakarqamish, kofe yetishtirishda, neft, gaz, kumush, rux, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, simob qazib olishda dunyoda oddingi oʻrinlarda turadi.
 
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 15,3% band. Muhim tarmoqlari: konchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, qurilish, toʻqimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati. Neftgaz sanoati va ularni qayta ishlash korxonalari M. qoʻltigʻi sohilida, konchilik va metallurgiya sanoati Meksika togʻligi shim.da, i.ch. sanoati korxonalari yirik shaharlarda joylashgan. Kumir sanoati muhim oʻrin oladi. Verakrus, Tampiko, Minatitlan, Mexiko va Salamanka sh.lari neft kimyosining , Monterrey, Monklova, Mexiko atroflari qora metallurgiya, Mexiko, Verakrus, Kananea, Chiuaua, Torreon sh.lari rangli metallurgiya, Mexiko, Toluka, Pu-ebla mashinasozlik va metall ishlash sanoatining asosiy markazlaridir. Bundan tashqari, dizellar, t.y. vagonlari, avtomobillar, toʻqimachilik mashina-uskunalari, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari (shu jumladan, televizorlar), stanoklar, kemalar ishlab chikaradi. Energetika, qurilish ashyolari, kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Hunarmandchilik buyumlari i.ch.ga alohida ahamiyat beriladi. Yiliga 89,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr st-yalaridastansiyalarida).
 
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy faol aholining 27,8% band, Q.x. aholining ehtiyojini asosan taʼminlaydi va mahsulotining bir qismini eksport qiladi. Yerlarning ‘/4 qismiga ekin ekiladi, 3/4 qismi yaylov. Ekin maydonining 5,15 mln. ga sunʼiy sugʻoriladi. Yerlarning koʻp qismi q.x. jamoalari — exidoga qarashli. Asosiy tarmoq — dehqonchilik. Eksport uchun paxta, kofe, ichki ehtiyoj uchun shakarqamish, makkajoʻxori, oq joʻxori, bugʻdoy, sholi, loviya, kartoshka, soya ekiladi. Pomidor, yer yongʻoq, ertagi sabzavot, sitrus mevalar, ananas va b. bir qancha tropik va subtropik ekinlar eksport ahamiyatiga ega. Koʻp mikdorda yogʻoch tayyorlanadi. Chorvachiligida koramol, ot, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Dengizlarda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.