Dogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 115:
1970 y. 14 may kuni D.da qattiq zilzila boʻldi. Tabiiy ofat shahar va qishloqlarga katta ziyon yetkazdi. Shu munosabat b-n Oʻzbekiston ham D.da uy-joy qurilishi ishlarida katta yordam koʻrsatdi. D.dagi "Oʻzbekiston" mikrorayoni oʻzbek va D. xalqlari doʻstligining ramzidir.
 
Xoʻjaligi. Sanoat mahsulotining 80% oziq-ovqat, mashinasozlik, yengil sanoat (gilamdoʻzlik)ga toʻgʻri keladi. Iqtisodiyotida elektr energetika va neft chiqarish, qurilish materiallari, kimyo sanoati ham muhim rol oʻynaydi. Eng yirik elektr st-yalaristansiyalari — Chiryurtov GES, Gergebil GES va Chirkey GES. Tabiiy gaz qazib olinadi. Terek-Kuma pasttekisligining shim. da neft va gaz konlari bor. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida (Maxachqala, Izberbash, Darband, Qizilyurt, Buynaksk) metall qirquvchi stanoklar, kema mexanizmlari, dizellar, elektrotermik asboblar, elektrotexnika apparatlari, separatorlar, nasoslar, turli xil pribor va avtomatika vositalari ishlab chiqariladi. Kurilish materiallari sanoati yirik shisha zdi, uysozlik k-ti va temir-beton konstruksiyalari zdidan iborat. Kimyo sanoati korxonalari (Maxachkala) lok, boʻyoq va shisha tola ishlab chiqaradi. Chiryurtovda yirik fosfor tuzlari zdi bor. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Toʻqimachilik (asosan ip va jun gazlama), trikotaj, tikuvchilik, koʻn-poyabzal sanoati ham mavjud. D. gilam toʻqish, zargarlik va b. b-n azaldan mashhur.
 
Q. x. bogʻdorchilik, tokchilik va gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, sholi) yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Chorvachilikda qoʻychilik asosiy oʻrinni egallaydi. Koʻproq goʻsht-jun beradigan qoʻylar boqiladi, mayin junli qoʻylar ham koʻp.