Kolumbiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 23:
Xoʻjaligi. K. — agrar-industrial mamlakat. Jan. Amerikadagi iqtisodiy barqaror, uzluksiz rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. Oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturida importga erk berish, samarasiz davlat korxonalarini xususiylashtirish, xorijiy sarmoyani jalb etish koʻzda tutilgan. Mehnatga layoqatli aholining 33% q.x.da, 23% sanoatda, 20% xizmat sohasida mashgʻul. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 27%, q.x.ning ulushi 22%.
 
Sanoati. K.ning boy tabiiy resurslari asosida konchilik sanoati rivojlangan. Neft va temir rudasi qazib olish yetakchi sanoat tarmoqlaridir. Tabiiy gaz, toshkoʻmir, oltingugurt, nikel, oltin, platina, kumush, zumrad ham qazib olinadi (jahondagi zumradning 90%). Oziq-ovqat sanoati, asosan, q.x. xom ashyosini dastlabki qayta ishlash, poyabzal, ichimlik i.ch. sohalari, tikuvchilik, toʻqimachilik, metallni qayta ishlash alohida oʻrin oladi. Metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi sanoati rivojlangan. Avtomobil, televizor va radiopriyomniklar yigʻadigan, stanok, sement, qogʻoz ishlab chiqaradigan z-dlar bor. Hunarmandchilikning ham salmogʻi katta. Oʻrmonlarda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Yiliga 25,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 75% gidroelektr styalariga, 25% koʻmir bilan ishlovchi elektr st-yalarigastansiyalariga toʻgʻri keladi.
 
Qishloq xoʻjaligi. Dehqonchilik — q.x.ning asosi. Kofe — mamlakat q.x.ning muhim mahsuloti. Kofe eksport qilish sohasida dunyoda Braziliyadan keyin 2-oʻrinda turadi. Mamlakat mehnatga layoqatli aholisining salkam 40% kofe yetishtirish bilan bevosita yoki bavosita bogʻliq tarmoqlarda band. Eksport uchun kakao doni, paxta, banan, tamaki, mahalliy ehtiyoj uchun makkajoʻxori, kartoshka, sholi, bugʻdoy, arpa, maniok, soya, noʻxot, shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, koʻy, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Q.x. mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirmaydi.