Birlashgan Qirollik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 40:
Sanoati. B. B. eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. 2-jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat korxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari i. ch. ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota i. ch.), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va b. tarmoqlari boʻyicha yirik korxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Jan. va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild sh.larida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Jan. Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shim. Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya korxonalari — Midlend, Jan. Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati korxonalari Shim.
 
Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati korxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shim. dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati korxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shim. dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr st-yalaridastansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi.
 
Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. B. B. qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi b-n ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini taʼminlaydi. Q. x.ning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. B. B.da 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5 mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin — gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shim. dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.