Bir yillik oʻsimliklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Bir yillik oʻsimliklar bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Bir yillik oʻsimliklar}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
BIR YILLIK OʻSIMLIKLAR — barcha hayotiy sikllari bir vegetatsiya davrida, yaʼni bir yil davomida urugʻidan unib chiqib, oʻsib, gullaydigan va nayel qoldirib quriydigan oʻsimliklar. B. y. oʻ. orasida butun rivojlanish jarayoni bir necha hafta ichida tugaydigan efemer oʻsimliklar guruhi ajralib turadi. Choʻl va dasht sharoitlarida efemerlar kuz, qish yoki bahorda oʻsadi. Ular yilning koʻp davrini urugʻ holida oʻtkazadi. Namligi yetarli zonalarda efemerlar (mas, yulduzoʻt, qoʻngʻirbosh) bir vegetatsiya davrida bir necha boʻgʻin berishi mumkin. Vegetatsiya davri uzok, kechadigan B. y. oʻ. bahorgi va kuzgilarga boʻlinadi. Bahorgi B. i. u. bahor va yoz oylarida oʻsib, hayot siklini 1 —5 oyda tugatadi. Kuzgi B. i. u.ning urugʻlari kuzda darhol unib chiqib, tomiroldi barglari rivojlanadi va shu tarzda qor tagida qishlab chiqadi. Bahorda ular rivojlanishni davom ettiradi — gullaydi, urugʻ berib, keyin qurib qoladi. Bu guruhga kuzgi javdar, burdoy, shuningdek koʻpchilik begona oʻtlar (jagʻjagʻ, boʻtakoʻz va b.) kiradi. B. y. oʻ. oʻzgarib turuvchi iklim sharoitiga moslashgan kup yiplik oʻsimshklarnint evolyutsiya jarayonida shakllangan.
 
Qator 4 ⟶ 6:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}