Boyoʻgʻlilar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Boyoʻgʻlilar bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Boyoʻgʻlilar}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
BOYOʻGʻLILAR, boyqushlar (Athene) — yapaloqqushlar oilasiga mansub tungi yirtqich qushlar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan, 20 tacha turi bor. Oʻzbekistonda bir turi — uy boyoʻgʻlisi (A. noctua) uchraydi. Oyoqlari kuchli va paxmoq, tumshugʻi qayrilgan, pati mayin, tovushsiz uchib kelib, oʻljasini tutib oladi. Koʻzlari oʻtkirligidan salgina yorugʻni ham sezadi. Xira kulrang pati qorongʻida koʻzga chalinmaydi. B.ning bu turi Yevropa, Shim. Afrika, Osiyoda ham tarqalgan. Uni dasht va choʻllarda, haroba va qabristonlarda uchratish mumkin. Nari b-n modasi fakat urchish davrida birga yashaydi. Bahorda (urchiydigan vaqtda) kechalari, baʼzan kunduzi ham sayraydi. Ovozi yigʻlagan bolaning tovushini eslatadi. Uyasini turli kovaklarga quradi. 4—9 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan bir oyda joʻja chiqadi. B. mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, hasharotlar va kichik qushlar b-n oziklanadi. Zararkunanda kemiruvchilarni qirib, xoʻjalikka foyda keltiradi.
 
Qator 4 ⟶ 6:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}