Botuxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Botu bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Botu}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Botuxon''', Botu, Sainxon (1208-1255) - moʻgʻul xoni, Jrjixonning ikkinchi ugli, Chingizxoning nabirasi. B.ning onasi qoʻngʻirot urugʻidan boʻlgan Elchi noyonning qizi Ukifuj xotun edi. Otasining oʻlimi (1227)dan keyin Joʻji ulusini idora qilgan, moʻgʻullarning barcha asosiy harbiy yurishlarida katnashgan. Abulgʻoziy Bahodirxonning yozishicha, Oʻqtoyxon Xitoyni zabt etib, Moʻgʻulistonga qaytib kelgach (1235), B.ni Tulixonning ugli Munke, oʻzining ugli Guyukxon va Chigʻatoyning oʻgʻillari hamrohligida rus, cherkas, bulgʻor, turo, boshqird va b. xalklar yerlarini bosib olish uchun joʻnatadi. Ularga Chingizxonning eng yirik sarkardasi Subutoy bahodirni harbiy maslahatchi qilib tayinlaydi. Yurishda jami 14 moʻgʻul xoni ishtirok etib, qoʻshinning soni 150 mingga yetadi. B. 1236—38 y.larda VolgaKama Bulgʻoriyasi, alanlar, qipchoqlar, Oʻrta Volgaboʻyi xalqlari, Ryazan, Vladimir knyazliklarini (q. Sit ekangi) buysundiradi, Moskva, Kolomna, Vladimir, Rostov, Uglich, Yaroslavl, Kostroma kabi 14 rus shahrini bosib oladi. 1240—41 y.larda u Jan. Rusdagi Kiyev, VladimirVolinskiy, Galich va b. shaharlarni zabt etgach, Karpat dovonlari orqali Vengriyaga kirib qirol Bela IV ning 60 minglik qoʻshinini tormor keltiradi (q. Sayo jangi). Soʻng Polshaga bostirib kirib, Legnitsa sh. ostonasida polyak va nemis knyazliklarining birlashgan qoʻshinlarini (ritsarlarni) magʻlub qiladi (q. Legnitsa jangi). Keyin u Chexiya, Avstriya, Xorvatiya, Bosniya va Serbiyani zabt etib, Adriatika dengizi boʻyiga chiqadi. Shunda ulugʻ qoonning vafot etgani haqida xabar topib, ortiga qaytadi (1242). B. Dunay daryosidan Irtish daryosigacha boʻlgan ulkan hududda Oltin Oʻrda davlatini barpo qilgan (yana q. [[Moʻgʻullar istilosi)]].
 
Qator 10 ⟶ 12:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}