Uygʻurlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 66 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q46118 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 28:
|related = [[O'zbeklar]]
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Uygʻurlar''' - xalq, XXRdagi SintszyanUygur muxtor rayonining tub joy aholisi. 8 mln. kishidan ortiq (1990-y.
 
lar oʻrtalari). Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston, Afgʻoniston va Pokistonda yashaydi. Uygur tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yapon (Yutyanxeng), fransuz (Klaprot) olimlari fikricha, "uygʻur" atamasi mil. av. 3—2-a.lardan maʼlum. U. etnogenezi Xitoy manbalarida 4—5 ming yil avval tilga olingan "di"(turk)larning "chidi"(qizil di — jan. turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shim.da mavjud boʻlgan Chidi davlati mil. av. 594 y. Szin (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shim.ga ketishga majbur boʻlishgan. U. hun qabilaviy ittifoqi (mil. av. 3a. — mil. 3—4-a.lar) da muhim rol oʻynaganlar. Mil. 5—8-a.larda U. Jujan(Avar) xonligi, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 7-a.ga qadar U. tarkibida yogʻliqor (xon avlodi), quturgʻur, turlamveybur, buqosqir, ovchagʻ, xazarqasar, xoʻgʻursu, yagʻmo, ayovir kabi 9 qabila mavjud boʻlgan. Keyinchalik ularga Sirdaryoning yuqori qismi (Yassi daryosi) boʻyida yashagan adiz qabilasi qoʻshilishi bilan 10 uygʻur ittifoqi shakllangan. 7—9-a.dagi manbalarda 15 uygʻur qabila uyushmasi [baku, hun, bayirgʻu, tungro, sijiye, chibni, izgil(sije), basmil (bashimi), qarluq (gelulu), sir, tardush, tuva, quvurqon, barsuk, qirgʻiz] qayd etilgan.
 
Qadimda U.ning aksariyati dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Shu sababli ularda qabilaurugʻdoshlik munosabatlari yoʻqolib, yashagan joylari nomi bilan atalib kelgan. U.ning togʻlik oʻlkalardagi va chorvachilik bilan shugʻullangan qismi koʻchmanchi hayotga moslashgan. Ular 646 y. Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uygʻur xonligini tiklagan. UygʻurUrxun xoqonligi (Uygʻur xoqonligi) davrida (744—840) uning barcha fuqarolari "Uygʻur" deb, 9-a.da U.ning Idiqut (Turfon) davlati Xitoy manbalarida "Kuju xonligi" deb nomlangan. 11-a.
 
da uning hududi gʻarbda Kuchar sh.dan Buyuk Xitoy devorigacha choʻzilgan boʻlib, arab manbalarida "bilod Uygʻur" yoki "Yugʻur"(alMarvaziy) deb qayd etilgan.
 
U. mamlakati qad. madaniyat oʻchoklaridan hisbblanadi; bu hududda koʻplab qad. davlatlar, shaharlar mavjud boʻlgan. U. qadimdan turli yozuvlardan (26 ta) foydalangan. Ular 5—6-a.lardan boshlab maxsus uygʻur yozuvi ishlata boshlashgan. Qad. uygʻur musiqa sanʼati Xitoy musiqasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Uygʻur xalqi musiqasining gavhari boʻlgan 12 maqom 16-a.da Omonnisoxon tomonidan tartibga solingan. U. hayotida tosh, suyak, kumush, mis va temirdan turli zebziynat buyumlari yasash rivojlangan. Ular qadimdan jun, ipak, paxtadan maxsus dastgohlarda mato toʻqishgan. Mil. boshlarida (3a.) ular tomonidan ishlab chiqarilgan qogʻoz, arxeologik qazishmalar natijasida topilgan qogʻoz nusxalarining eng qad.si hisoblanadi.
 
Abdulahad Xoʻjayev, Abduxoliq Aytboyev.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Uygʻurlar''' — Markaziy Osiyodagi qadimgi turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Xitoyning Shinjon uygʻur avtanom. rayonining tub xalqi. Shu bilan birga [[Qozogʻiston]]da, [[Qirgʻiziston]]da, [[Oʻzbekiston]]da va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashashadi. Umumiy soni 8,5 million kishi. (2001).
Uygʻur- Markaziy Osiyodagi qadimgi turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Hozirgi XXR, Shinjon uygʻur avtanom. rayonining tub xalqi. Tili — turkiy tilining janub. — sharq guruhiga kiradi. 15 asrlarda Jetisuvga maʼlum miqdori koʻchirilgan Uygʻurlarni taranchi (dehqon)deb atagan.
Qator 37 ⟶ 52:
== Manbalar ==
{{reflist}}
 
{{OʻzME}}