Urumchi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 70 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q16959 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 34:
ilovalar = |
}}'''Urumchi''' ({{lang-ug|ئۈرۈمچی, Үрүмчи, Ürümchi}}), — [[Sharqiy Turkiston|shimoli-g'arbiy Xitoydagi]] eng katta va tez rivojlanayotgan [[shahar]]. Aholisi soni 2,1 milliondan ortiq, [[Uyg'uriston|Shinjong Uyg'ur Avtonom Rayonining]] poytaxti. Urumchi dengizdan eng uzoq bo'lgan katta shahardir. Tyanshan tog'larining shimolida joylashgan.Ishlab chiqarishda [[neft]],[[tekstil]] va [[metallurgiya]] asosiy o'rin egallaydi. Urumchida Xitoydagi eng katta [[Shamol energiyasi]] markazi ishlaydi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Urumchi''' - Xitoydagi shahar. Sintszyan Uygʻur muxtor rayonining maʼmuriy markazi. Tyanshan togʻlarining shim. Etagida, Urumchi daryosi vodiysidagi vohada. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (2004), asosan, xitoylar. Muhim iktisodiy va madaniy markaz. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Xitoyni Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlaydigan t.y. U. orqali oʻtgan. Toʻqimachilik, oziqovqat, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik sanoatlari, sement, qogʻoz korxonalari mavjud. Untlar (Sintszyan un-ti, Islom un-ti), muzey (5—6 ming yillik tarixga ega eksponatlar: Taklamakon choʻli atrofidagi qad. shaharlar xarobalari orasidan topilgan jasadlar va matolar boʻlaklari saqlanadi) bor. Shahar oʻzining kechki bozorlari bilan mashhur. Turizm markazlaridan. Shahar yaqinida toshkoʻmir qazib olinadi.
 
Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, U. oʻrnida 2500 y. muqaddam turar joylar boʻlgan. Shahar sifatida Taklamakon choʻlining shim.dan oʻtgan savdo yoʻli yoqasida vujudga kelgan. Biroq shaharning siyosiy, harbiy va iqtisodiy ahamiyati 18-a. oʻrtalaridan ortib bordi. 19-a.dan 20-a. oʻrtalarigacha U.ni xitoylar Dixua deb ataganlar. Koʻhna budda ibodatxonasi boʻlgani sababli shaharning Xungmyaozi (Qizil budda ibodatxonasi) degan nomi ham boʻlgan. 1954 y.dan shaharning avvalgi nomi boʻlgan U. (moʻgʻul tilida — atrofi oʻralgan dala) uning rasmiy nomi. U.da xukumat va maʼmuriy binolar joylashgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Havolalar ==
 
* [http://www.urumqi.gov.cn/ Urumchining rasmiy sayti]
 
{{OʻzME}}