Falsafa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:David - The Death of Socrates.jpg|thumb|right|300px|Faylasuf [[Suqrot]] qozi hukmiga koʻra zahar ichish arafasida.]]
'''Falsafa''' ([[yunon tili|yunoncha]] φιλοσοφία — «donishlikni sevish», [[yunon tili|yunoncha]] φιλέω — «sevaman» va [[yunon tili|yunoncha]] σοφία — «donolik») — eng umumiy [[fan]] ([[nazariya]]), [[dunyoqarash]] shakllaridan biri, inson [[faoliyat]]i sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak ([[etika]]); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday ([[metafizika]]); bilim nima ([[epistemologiya]]); hamda qanday fikrlash toʻgʻri ([[mantiq]]) ekanligini hal qilishga urinadi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Falsafa''', filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Mil. 2—3-a.
 
larda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha philosophia soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.
 
F.ga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. F. haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. F.ga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar F.dan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. F.ni fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy F.ni "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian F.sida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.
 
F. Bekon va R. Dekart F.ni "tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan" deb hisoblashgan. X. Volf F.ni "barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan" desa, Kant F.ga "dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan" sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F.ga "qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat" deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni F. deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni F. deb atab, unga "oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan" sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash F.ning asosiy vazifasi deb bildi.
 
F.ning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik F.si, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq F.si, naturfalsafa, fan F.si, tarix va madaniyat F.si, siyosat F.si, din F.si, psixologiya va b. kiradi. Bulardan tashqari, hoz. zamon F.sida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va b. anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi F. yoʻnalishlari vujudga kelmokda. F.ning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.
 
F. tarixi — inson tafakkuri tarakqiyoti tarixidir. F. tarixiga oid adabiyotlarda insoniyat tarixida xitoy F.si, hind F.si, Yevropa F.si ajratib koʻrsatiladi. Yirik diniy taʼlimotlar sifatida hinduiylik F.si, xristianlik F.si, buddaviylik F.si, islom F.sini koʻrsatish mumkin.
 
Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar mil. av. 7-a.da vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga "Qoʻshiqlar kitobi", "Bahor va kuz" kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng "Aforizm"larini, daosizmni kiritish mumkin.
 
Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Mil. av. 2—1-a.larda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Mil. 3-a.ga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.
 
Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, mil. av. 6—5-a.lardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va rimellinizm davrlariga boʻlinadi. Ellinistik F. davri sokratgacha davr (Milet maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) F.ni (Sokrat, Platon, Aristotel) oʻz ichiga oladi. Sokratgacha davr F.si kosmologik (gilozoistik) F. va antropologik davrlarni oʻziga qamrab oladi. Dastlabki kosmologik falsafiy taʼlimot Falesga tegishli. U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub. Ulardan soʻng borliq haqidagi taʼlimot bilan Ksenofan, Parmenid, Zenon (Eleyalik), Meliss shugʻullanganlar. Ular bilan birga Pifagor maktabi (Pifagor, Fillolay, Alkmeon, Arxit; mil. av. 6—4-a.lar) faoliyat koʻrsatgan. Bu davrda antropologik sofistika maktabi vakillari Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik ijod qilishgan. Mil. av. 3—2-a.larda stoiklar (Zenon Kitionlik), epikurchilar (Epikur, Lukretsiy), neoplatonchilar (Plotin) yunon F.siga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel F.si yunon F.sining shuhratini oshiradi. Yunon F.sidagi asosiy qarashlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Makduniy)ning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.
 
Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy taʼlimotlar quyidagicha oʻrganiladi: ilk islom F.si (6—8-a.lar), sharqiy islom F.si (Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy taʼlimotlar), gʻarbiy islom F.si (Shim. Afrika va Ispaniyadagi falsafiy taʼlimotlar).
 
Ilk islom F.si davri yunon F.sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻʼtaziliylar bilan mutakallimlar oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom F.sida dunyoviy va islomiy gʻoyalarning , turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan. Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi (Xorazmiy sistemasi) bilan bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom F.si (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va b.) va gʻarbiy islom F.si (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. F.ning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf F.si, tabiatshunoslik F.si, mantiq F.si va axloqiy taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va b.). Shuni qayd etish lozimki, islom F.si oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom F.si rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va b. diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan.
 
Yevropa F.si esa oʻzidan oldingi barcha falsafiy fikrni ilmiy bilimlarni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish bilan bogʻlagan. Toʻgʻri, Yevropadagi diniysxolastik falsafiy gʻoyalar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Lekin, arab olimlarining tarjimalari tufayli antik davr fani va F.si, qadriyatlarini qoʻlga kiritgan yevropalik olimlar jamiyatni bamisoli qayta uygʻotishdi. Yevropa F.si sxolastik davri, Uygʻonish davri, yangi davr va nemis klassik F.si davrlariga boʻlinadi. Sxolastika davri sxolastika ravnaqi (Buyuk Albert, Foma Akvinskiy, R. Bekon) va sxolastika inqirozi (Dune Skot, tomizm, U. Okkam) davrlariga boʻlinadi. Uygʻonish davrida italyan gumanizmi, reformatsiya, tabiatshunoslik F.si, ijtimoiy xayoliy nazariyalar ilgari surilgan. Yangi davrda F. Bekon, R.Dekart, T.Gobbs, J.Lokk, Spinoza, Leybnits, X.Volf, J.Berkli, D.Yum, GT.Beyl, Sh.Monteskye, Volter, Russo, D.Didro, D’Alamber, J.Lametri, P.Golbax va b. faylasuflar ijod qilishgan. Nemis klassik F.si Gerder, Kant, Fixte, Shelling , Gegel, Feyerbax nomlari bilan bogʻlangan.
 
F. tarixidagi falsafiy maktab va oqimlar oʻzlari ilgari surayotgan falsafiy gʻoyaning mazmuniga qarab quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi: empirizm va ratsionalizm, nominalizm va realizm, materializm va idealizm, skeptitsizm va antiskeptitsizm, agnostitsizm va antiagnostitsizm, dogmatizm va relyativizm kabilar.
 
19—20-a.lardagi falsafiy oqimlar: Shopengauer F.si, O.Kont pozitivizmi, marksizm, empiriokrititsizm, neokantchilik, F. Nitsshening hayot F.si, pragmatizm, neopozitivizm, postpozitivizm, neotomizm, freydizm, ekzistensializm, germenevtika, strukturalizm, relyativizm, konstruktiv empirizm, fenomenalizm va b. 21-a.ga kelib har bir mintaqa, davlat va millatning tafakkur tarzini oʻzida ifoda etuvchi falsafiy maktab va oqimlarning shakllanishidan tashqari jahondagi ijtimoiy jarayonlarning keskin va jadal oʻzgarib borishi, global miqyosga koʻtarilishi umumjahon miqyosidagi falsafiy muammolarni hal etish zaruriyatini tugʻdirmoqda. Bunday muammolar sirasiga ijtimoiy taraqqiyotning globallashuvi, tinchlik va urush muammosi, ekologik, energetik muammolar, xom ashyo, oziq-ovqat va chuchuk suv muammolari, demografiya, sogʻliqni saqlash, axborotlar muammosi, maʼrifat va maʼnaviyat tanqisligi muammosi va b. kiradi. Bu muammolarni yechish yoʻllarini koʻrsatish va tahlil etish 21-a. F.sining dolzarb vazifasidir. Oʻzbekiston F.si Sharq F.sining tarkibiy qismi, oʻzbek xalqining oʻziga xos boʻlgan tafakkur tarzining namoyon boʻlishidir. Uning tarixiy ildizlariga qad. Turon va Turkistondagi xalq ogʻzaki ijodiga oid hikmatlar, dostonlar, maqol va rivoyatlar, mutafakkirlarning falsafiy asarlari, Avestodagi ezgulik gʻoyalari, tariximizda oʻtgan moniylik, mazdakiylik, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik dinlaridan kirib kelgan hikmatlar, islom F.si, islomning muqaddas kitoblari, tasavvuf F.si, moturidiylik taʼlimoti, sunniylik oqimi, kubroviylik, yassaviylik, naqshbandiya tamoyillari, vatanparvarlik goyalari, maʼnaviyaxloqiy qadriyatlar kiradi. Bu F. jahon falsafiy merosi durdonalaridan oziq oladi. Oʻzbekiston F.si oʻzbek xalqining tafakkur tarzi sifatida 20-a.da shakllandi. Unda Oʻzbekistonda yashovchi turli millat va elat vakillari ishtirok etishgan. Uning namoyandalari Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Choʻlpon, Abdulla Krdiriy, Ishoqxon Ibrat, Soʻfizoda va b. Sharq F.si anʼanalarini, milliymaʼnaviy, axloqiymaʼrifiy qadriyatlarni shoʻrolar davrida ham saklab qolish va rivojlantirishga intilyshdi, lekin bu intilishlar ularning kommunistik tuzum qurboniga aylanishiga sabab boʻldi. Sovet tuzumini yoklagan ilm sohiblarigina qatagʻonlardan omon qolishdi. S.Ayniy va 3. V. Toʻgʻonlarning F. tarixiga oid bir qancha maqolalari bosilib chiqdi. Sovet davrida F. fani chuqur mafkuraviy inqirozga uchragan, kommunistik tuzumning xizmatkoriga aylantirilgan edi. Yozuvning arabcha grafikadan lotin grafikasiga, undan kirillcha grafikaga oʻtkazilishi milliy fan va F. taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Naim Sayd, K. Yerzin, Hakim Neʼmat, R. Xolmurodov (Mallin) singari olimlar F. sohasida faoliyat koʻrsatdilar. 2-jahon urushi davrida Oʻzbekiston FA tashkil etilishi ijtimoiy fanlar, xususan, F. fani taraqqiyotiga turtki berdi. Bu davrda S. Valiyev, J.M.Boboyev, H.Gʻ.Rasulov, AL.Ayupov, S.Azimov, I.Moʻminov, V. Zohidovlar F. faniga sezilarli hissa qoʻshishdi. Oʻzbekistonda F. tarixi (V.Zohidov, M.M.Xayrullayev, M. Baratov, h.F.Vohidov, A.Sharipov), tabiatshunoslik F.si va bilish nazariyasi (O.Fayzullayev, B.Ismoilov, J.Tulenov, K.Ivanova, M.Abdullayeva), mantiq (M.Xayrullayev, K.Haqberdiyev, M.X.Nurmatov, L.Ye.Garber), madaniyat F.si (K. Sodshov, S.Shermuhamedov, N.Gʻoyibov), din (S.Azimov, A. Ortitov, M.A.Usmonov, J.Bozorboyev), axloq (Y. Jumaboyev, XAliqulov, X.Shayxova), ijtimoiy F. va siyosatshunoslik (E.Yusupov, R.Abdushukurov, K.Valiyev, h.Pulatov, S.Tursunmuhamedov, Q.Xonazarov) yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib borildi.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, F. fani oldida uni kommunistik mafkura asoratlaridan tozalash, jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini falsafiy tahlil etish, milliy istiklol gʻoyasining ilmiynazariy asoslarini ishlab chiqish, respublikada shakllanayotgan huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish xususiyatlarini ochib berish kabi vazifalar paydo boʻldi. Oʻzbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1998 y.da "Tafakkur" jur. bosh muharririning savollariga bergan javobda yangi jamiyatni bunyod qilishda milliy mafkura va u tayanadigan milliy F.ning roliga katta baho berar ekan, gʻoyaga qarshi faqat gʻoya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan bahsga kirishish kerakligini taʼkidladi.
 
Hoz. davrda respublika faylasuflari oldida ijtimoiy voqelikning qonuniyatlarini tadqiq etish, mamlakatning istiqboli uchun xizmat qiluvchi gʻoyaviy zaminni yaratishdek muhim vazifalar turibdi.
 
Oʻzbekistonda F. boʻyicha i.t.lar oliy oʻquv yurtlari F. kafedralarida, Falsafa va hukuq institutida olib boriladi. OʻzMUda F. fakulteta mavjud. Respublikada Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyat koʻrsatmokda. F.ga oid i.t.lar "Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar" (Oʻzbekiston FA nashri), "Falsafa va huquq" (Oʻzbekiston FA falsafa va huquq inti, Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyatining nashri), "Tafakkur" jur.larida chop etiladi.
 
== Adabiyot ==
* Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Moʻminov I. M. Oʻzbekistondagi tabiiyilmiy va ijtimoiyfalsafiy tafakkurtarixidan lavhalar, T., 1998; Klassicheskaya nauka Sredney Azii i sovremennaya mirovaya sivilizatsii, T., 2000; Diogen Laerte kiy, O jizni, ucheniyax i izrecheniyax znamenitix filosofov, M., 1979.
 
Baxtiyor Toʻrayev.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Falsafaning qarama-qarshiliklarga sabab boʻlmagan yagona qatʼiy taʼrifi mavjud emas va u asrlar osha oʻzgarib, falsafa doirasida turli savollar koʻrilgan boʻlsa-da, mutaxassislar uning taʼkid va nazariyalar toʻplami emas, balki uslub ekanligini qabul etishadi. Falsafiy tadqiqotlar [[ratsionalizm|ratsional]] fikrlashga asoslangan bolib, tekshirilmagan farazlar va ishonchlarga oʻrin qoldirmaslikka intiladi. Turli faylasuflar ong tabiati haqida turlicha fikrlar bildirishgan, bu esa falsafaning oʻzi nima ekanligi haqidagi bahslarga sabab boʻlgan. Baʼzilarga koʻra, falsafa savol-javob jarayonini tekshiradi. Boshqalar esa falsafa muayyan falsafiy taʼkidlarni isbotlashi kerak, deb hisoblashadi.<ref>"Philosophy", ''The Oxford Dictionary of Philosophy'', Blackburn, Simon (1994). Oxford University Press</ref>
Qator 244 ⟶ 286:
{{Link FA|tl}}
{{Link GA|eo}}
 
{{OʻzME}}