Fosfatlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Fosfatlar (maʼnolari)}}
'''Fosfatlar''' — fosfat kislota tuzlari va efirlari. Ortofosfat va polimer (yoki kondensatlangan) F.ga boʻlinadi. Kondensatlangan F. tetraedrik [RO4]3~ guruxlarning oʻzaro birlashish usuliga koʻra polifosfatlar, metafosfatlar va ultrafosfatga boʻlinadi. Polifosfatlar — RO3— O—RO,— zanjirlardan iborat [RO4]3~ guruhlardan tuzil gan (zanjirlarda 105 gacha fosfat atomlari boʻlishi mumkin). Metafosfatlarda [RO4]3~ tetraedrlar berk xalqalar hosil qiladi. Ultrafosfatlar tarmoklangan zanjir va halqalardan tuzilgan. Ultrafosfatlar tarkibida Me,O:R2O5 nisbati 0>1 dan kichik boʻladi. Ult rafosfatlar suvda kam eriydi. Ular suvda gidrolizlanib turli meta va polifosfatlar hosil qiladi. Ortofosfatlar — ortofosfat kislota (N3RO4) tuzlari. Ular bir almashingan [mas, KN2RO4, Sa(N2RO4)2 va b.], ikki almashingan [mas, (NH4)2 NRO4, NH4NaHPO4 va b.] va uch almashingan [mas, Sa3(RO4)2, NH4MgPO4 va b.] ortofosfatlarga boʻlinadi. F. tarkibidagi [RO4R~ anion xam tetraedrik tuzilishga ega. Nordon ortofosfatlar qizdirilganida qizdirish sharoitiga qarab halqasimon metafosfatlar yoki zanjirsimon polifosfatlar hosil boʻlishi mumkin. Normal (oʻrta) ortofosfatlar (Me’,RO4) qizdirilganida oʻzgarmaydi, lekin kation termik beqaror boʻlsa, parchalanib uchuvchan mahsulotlar ajralib chiqishi mumkin. Bir almashingan ortofosfatlar suvda eriydi. Ikki va uch almashingan ortofosfatlardan faqat ishqoriy metallar hamda ammoniy ortofosfatlari suvdagi eritmalarda gidrolizlanadi. Mac, NaH2PO4, Na2HPO4 va Na3PO4 larning 1%li eritmalarida rN 4, 6, 8, 9 va 12,1 ga teng . Bi, Sn, Ti, Zr, Hf, Th lardan boshqa metallarning ortofosfatlari kuchli kislotalarda eriydi. Suvda eruvchan ortofosfatlar hosil qilish uchun metallarning gidroksid yoki karbonatlari eritmasiga tegishli miqsorda N3RO4 qoʻshiladi.