Fransuz tili — versiyalar orasidagi farq

3 329 bayt qoʻshildi ,  8 yil oldin
Maqolaga matn qoʻshildi
k (Bot: Migrating 218 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q150 (translate me))
(Maqolaga matn qoʻshildi)
|sil= fra
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fransuz tili''' — xindevropa tillari oilasining roman guruxiga mansub til; Fransiya, Fransiya Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, BurkinaFaso, Gabon, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Kirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg , Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili xududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Fransiyaning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-y.lari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.
 
Asosiy lahjalari: frans (hoz. F.t.ning tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, vallon va b.), gʻarbiy (anjuy, gallo va b.), jan.gʻarbiy (puatevin), markaziy, jan.sharkiy (burgund, franshkont), sharkiy (lotaringiya, shampan), frankprovansal.
 
F.t. istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. F.t. tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (5—8-a.lar), eski fransuz (9—13-a.lar), oʻrta fransuz (14—15-a.lar), ilk yangi fransuz (16-a.), yangi fransuzklassik (17—18-a.lar) va hoz. fransuz (19-a.dan). Oʻrta asrlarda umumfransuz yozma tili maydonga keladi, 16-a.da milliy til (1539 y.dan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-a.da adabiy til meʼyori barqarorlashadi. 20-a.da adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-a.larga mansub.
 
Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urgʻuning asosan soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urgʻu taʼsirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va b.ni koʻrsatish mumkin. F.t. morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). Soʻzlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir kancha fammatik maʼnolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qoʻllanadi. Feʼl sohasida 4 mayl, 3 nisbat va keng tarmokdi zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan sakdanib qolgan soʻzlardan tashqari franklar tilidan sakdanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. F.t. rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar oʻzlashgan.
 
Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. F.t. Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega.
 
== Adabiyot ==
* Balli Sh., Obshaya lingvistika i voprosi fransuzskogo yazika, per. s frans., M., 1955; Balli Sh., Fransuzskaya stilistika, per. s frans., M., 1961; Referovskaya Ye. A., Formirovaniye romanskix literaturnix yazikov. Fransuzskiy yazik, L., 1980; Gak V.G., Teoreticheskaya grammatika fransuzskogo yazika, ch. I—II, M., 1986.
 
Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Fransuz tili''' (''français'', talaffuzi: fʁɑ̃ˈsɛ) asosan [[Fransiya]], [[Belgiya]], [[Luksemburg]] va [[Shveytsariya]]da kelib chiqqan, bugungi kunda esa dunyoning 54 mamlakatidagi 300 million odam<ref>[http://www.ladocumentationfrancaise.fr/dossiers/francophonie/francophones-monde.shtml "Les francophones dans le monde"]</ref> uchun [[ona tili]] yoki ikkinchi til boʻlmish [[roman tillar|roman tildir]].
 
 
{{Link FA|af}}
 
{{OʻzME}}
187 764

ta tahrir