Ftor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 116 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q650 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{kimyoviy unsur|Ftor(F)|9|Sargʻish-yashil [[gaz]],<br /> zaharli.|18.998403|n/a|1680.0(17.41)|[He] 2s<sup>2</sup> 2p<sup>5</sup>|72|(-1e)133 |3.98|0|−1|(−189&nbsp;°C da)1.108 |(F-F) 0.824|0.028|53.53|(F-F) 0.51|85.01|6.54 (F-F)|17.1|monoklinli|n/a|n/a|n/a}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ftor''' (yun. phthoros — oʻlim, buzilish, lot. Fluorum), F — Mendeleyev davriy sistemasining VII mansub guruhiga kimyoviy element; galogenlarga kiradi. Tartib raqami 9, at.m.
 
18,9984. F. bir izotop |9Gʻ dan iborat. Shuning uchun F. "sof element" xisoblanadi. F.ning 5 ta radioaktiv izotopi sunʼiy ravishda olingan.
 
F.ning dastlab maʼlum boʻlgan birikmasi kaltsiy ftorid SaGʻ2 dir. 1771 y.da shved kimyogari K. Sheyele ftorid kislota NGʻ ni oldi. A. Amper 1810 y.da ftorid kislotaning xlorid kislotaga oʻxshashligiga asoslanib, xlor kabi yana bir element mavjud, u kashf etilishi kerak degan fikrga keldi. Fransuz kimyogari A. Muassan 1886 y.da kaliy ftorid qoʻshilgan suvsiz ftorid kislotani platina idishda — 55° da elektrolizlab ilk bor erkin F. olgan.
 
F.ning eng muhim minerallari: flyuorit yoki kaltsiy ftorid SaGʻ2 (tarkibida 48,7% F.bor) va kriolit Na3AlF6 (tarkibida 54,3% F. bor). F. birikmalari tabiiy suvda, oʻsimlik va hayvon organizmida uchraydi. F. Yer poʻstining massa jihatidan 2,710~2% ini tashkil qiladi.
 
F. och sariq tusli, oʻtkir hidli, zaharli gaz. Nafasni boʻgʻadi. Suyuqlanish trasi — 219,6°, qaynash trasi — 188,1°. Gaz holatdagi F.ning zichligi 1,693 g/l (0°, 760 mm sim. ust.da). Erkin F. 2 atomli molekula — Gʻ2 dan iborat. F. birikmalari juda mustahkamligidan, uni kimyoviy usullarda erkin holatda ajratib olib boʻlmaydi. F. suv bilan reaksiyaga kirishadi, benzol, xloroform kabi erituvchilarda eriydi. F. juda faol element, eng kuchli metallmas, eng kuchli oksidlovchi. F. kislorod va azotdan boshqa barcha elementlar bilan makbul reaksion sharoitda bevosita birikadi. F. vodorod bilan hatto qattiq holatda (—250°da) ham shiddatli reaksiyaga kirishib vodorod ftorid NGʻ hosil kiladi. Uning bilvosita usulda olingan kislorodli birikmasi Gʻ2O zaharli gaz. F. platina, oltin va b. asl metallarga ularning choʻgʻ holatida taʼsir etadi. Qoʻrgʻoshin, nikel va misning sirti F. atmosferasida 100°dayoq shu metallar ftoridlari qavati bilan qoplanadi va bu qavat metallni F.ning keyingi taʼsiridan sakdaydi. F. oʻz birikmalarida — 1 valentli.
 
Flyuorit CaF2 F. ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Unga 130° da sulfat kislota taʼsir ettirib vodorod ftorid olinadi. Sof holdagi F. olish uchun KFHF yoki KF2HF tarkibli tuzlarning elektrolizidan foydalaniladi.
 
Olingan F.ning asosiy qismi ftororganik birikmalar (freon CF2C12, vinil ftorid CH2=CHF) tayyorlash uchun sarflanadi. Suyuq F. raketalarda ishlatiladigan suyuq yonilgʻilar uchun oksidlovchi sifatida qoʻllanadi. Gazsimon F. atom texnikasida uran (IV)ftoridni oksidlab uran ^1)ftoridga aylantirish uchun ketadi. F., shuningdek, xlor ftorid C1F3 (bu modda suyuq raketa yonilgi uchun oksidlovchi sifatida ishlatiladi), kobalt, kumush, marganets, surma kabi metallarning ftoridlarini tayyorlashda qoʻllanadi (bu ftoridlar ftorlovchi vosita sifatida ishlatiladi). Odam organizmida massa jihatidan 110~5% F. bor. Bir sutkada organizmga ovqat orqali 1 mg ga yaqin miqdorda F. kiradi. U barcha organ va toʻqimalar tarkibida boʻladi, lekin uning asosiy qismi — 99,4%i qattiq toʻqimalar (suyaklar, tishlar, soch)da toʻplanadi.
 
F. — zaharli, u nafas yoʻllari, oʻpka va markaziy nerv sistemasi va b. organlar (yurak, koʻz)ga salbiy taʼsir etadi. F. teriga tekkanda suv bilan yaxshilab yuvish kerak. F. oʻtga chidamsiz, portlaydi. Shu sababli F. bilan ishlaganda ehtiyoj choralariga rioya qilish talab etiladi.
 
== Adabiyot ==
* Kasimova S. S, Biogennie elementi, T., 1990; Parpiyev N.A. Rahimov X.R., Muftahov A.T., Anorganikkimyo,. T., 2003.
 
Stalina Qosimova.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Ftor''' - [[unsurlar davriy jadvali]]ning 9 unsuri, [[gaz]], [[galogen]].
{{davriy jadval}}
Qator 6 ⟶ 30:
[[Turkum:Kimyoviy unsurlar]]
{{Link FA|ast}}
 
{{OʻzME}}