Fuqaro mudofaasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

12-May 2013, 09:12 dagi koʻrinishi

Fuqaro mudofaasi - aholini dushmanning ehtimol tutilgan havo hujumidan himoya qilish va xalq xoʻjaligining barqaror ishlab turishini taʼminlash uchun oʻtkaziladigan umumdavlat tadbirlari tizimi. 20-a.ning 50—60-y.larida yirik davlatlarda tashkil etilgan. F.m.ning maxsus boshqaruv organlari, qoʻshinlari, harbiylashtirilgan va harbiylashtirilmagan qismlari (bu qismlar mehnatga yaroqli aholi hisobidan tuziladi) boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati 1991 y.da Turkiston harbiy okrugi F.m. shtabi va uning joylardagi boʻlinmalari boʻlmish ilgarigi F.m. tizimini qayta koʻrib chiqib, uni fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirdi. Ushbu tizimdan harbiy va militarizatsiya yoʻnalishi chiqarib tashlandi. Ayni paytda uning inson xavfsizligini taʼminlash, hayoti va sogʻligʻiga taxdidning oldini olish borasidagi vazifalari kengaytirildi. Bu tizim Mudofaa ishlari boʻyicha vazirlik tarkibiga F.m. va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida kiritiddi. Prezident I. A. Karimov soʻzlariga koʻra, F. m. birinchidan, faqat xabardor qilish bilan shugʻullanib qolmay, balki ilmiy maʼlumotlardan, tarixiy tajribalardan, gidrometeomarkaz axborotlaridan, Oʻzbekiston hududining geologik oʻziga xos tomonlaridan foydalangan holda favqulodda vaziyatlarni bashorat qila olishlari, odamlar xavfsizligini taʼminlash va obʼyekt lar barqarorligini oshirish borasida tavsiyalar berishlari darkor. Ikkinchidan F.m. tashkilotlarining koʻrsatmalari barcha vazirliklar, boshqarmalar, mahalliy hokimiyat tizimlari, fuqarolar tomonidan bekamu koʻst bajarilishi lozim. Uchinchidan, F.m. tizimlari faqat koʻrsatmalar berish bilan chegaralanib qolmay, balki harbiylar sifatida rahbarlarni, fuqarolarni taklif etilgan muhandisliktexnik va profilaktik tadbirlarni bajarishga majbur etishlari va ushbu ishlarni tashkil etishlari lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 y. 4 martdagi farmoniga binoan, aholini va xalq xoʻjaligi obʼyektlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, respublikada tabiiy va texnogen tusdagi favqulodsa vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida OʻzR Mudofaa ishlari vazirligining F.m. va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida OʻzR Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil qilingan.

Islom Inoyatov.