Karbon kislotalar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Karbon kislotalar''' – tarkibida karboksil guruh saqlovchi organik birikmalar. Karboksil guruh b-nbilan bogʻlangan radikalga qarab K.k. alifatik (toʻyingan, toʻyinmagan), alitsiklik, aromatik va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Karboksil guruhning soniga qarab bir, ikki va koʻp asosli yoki molekulasiga —ON, =SO, N, kabi guruhlar kirishiga qarab oksi-, keto- va amino- K.k. deb ataladi. K.k. koʻpincha, anʼanaviy (trivial) nom b-nbilan ataladi: sirka, salitsil, moy, kapron, valerian kabi kislotalar kuchsiz boʻlib, dissotsialanish konstantasi 1,410 5 atrofida. Lekin karboksil guruhi elektrofil radikal b-nbilan bogʻlangan boʻlsa, uning kislotalik kuchi ortadi, mas, benzoy kislota (S6N5SO-ON), propiol kislota (NS=S-SOON) va b.
 
K.k. kimyoviy faol boʻlib, karboksil guruhining gidroksilini boshqa guruhlarga almashtirishi mumkin, mas, K.k. spirtlar taʼsirida, mineral kislotalar ishtirokida) murakkab efirlar, RS15, tionil xlorid, sulfuril xlorid taʼsirida esa xlorangidridlar, suv tortib oluvchi vositalar ishtirokida esa angidridlar (RCO2)2O hosil qiladi. K.k. amidlarini xlor angidridlarga ammiak, aminlar taʼsir ettirib olish mumkin. K.k. radikal qismi boʻyicha ham turli xil reaksiyalarga kirisha oladi.
 
K.k. tabiatda erkin va birikma holida keng tarqalgan. Ular yogʻ, efir moyi, hoʻl mevalar tarkibiga kiradi. K.k. tabiiy birikmalardan (yuqori yogʻ kislotalari, limon kislotasi va b.) yoki sintetik usulda, mas, spirtlar, aldegidlarni oksidlab olinadi. Achitish (moy kislotali, sut kislotali, sirka kislotali achitish) yoʻli b-nbilan K.k. olish ham keng tarqalgan. K.k. va ularning hosilalari xalq xoʻjaligida keng qoʻllaniladi. Mac. paxta moyidan olinadigan distillangan yogʻ kislotalari asosida turli xil sovunlar tayyorlanadi. Telomerizatsiya usulida olingan yuqori tarmoqlangan yogʻ kislotalar (VIK) asosida lok, emallar i.ch. yoʻlga qoʻyilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==