Geofizika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
{{birlashtirishga|Yer fizikasi}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Geofizika''' — Yer sharining umumiy fizik xossalarini, uning qattiq, suyuq va havo qatlamlaridagi jarayonlarni oʻrganadigan fanlar majmui. Uchta katta boʻlim: Yer fizikasi, gidrofizika va atmosfera fizikasidan iborat. G.ning xususiy usullari xilma-xil boʻlib, ular qattiq, suyuq va havo qatlamlarining xususiyatlarini oʻrganish b-nbilan bir-biridan farq qiladi.
 
G.ning bevosita Yerni oʻrganish b-nbilan shugʻullanadigan qismi amaliy va umumiy boʻlimlardan iborat. Amaliy G.ga elektr razvedka, seysmik razvedka, gravimetrik razvedka, magnit-razvedka, radiometriya usullari kiradi; ular foydali qazilma konlarini qidirishga karatilgan. Umumiy G. esa Yerning ichki, ustki qatlamlaridagi fizik maydonlar va jarayonlarni oʻrganadi.
 
Umuman G.ning ayrim sohalari b-nbilan ilmiy nuqtai nazardan shugʻullanish 16-a. oxirlaridan boshlangan. 19-a. oʻrtalarida G. mustaqil fanga aylandi, 20-a. 40—60y.lariga kelib izchil sistema sifatida shakllandi. Oʻzbekistonda G.ning vujudga kelishi 1867-70 y.larda Toshkentda fizik rasadxona ochilishi b-nbilan boshlandi. Geomagnit oʻlchashlar 1871 y.dan marshrutlar boʻylab oʻtkazilgan, 1877 y.dan esa muntazam ravishda rasadxonada olib borilgan. 1901 y.da Toshkentda Oʻrta Osiyoda birinchi seysmik stansiya ochildi, 1928 y.da magnit rasadxona tashkil etildi. 1930-40 y.larda Oʻzbekistan barcha hududlarining magnitometrik va gravimetrik haritalari tuzildi.
 
Atmosfera fizikasi sohasidagi dastlabki muhim natijalar 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida olindi. Birinchi marta atmosfera sirkulyatsiyasi, siklonlarning taraqqiy etish nazariyalari ishlab chiqildi. 20-a. 40-y.lari oʻrtalaridan boshlab G.ga doyr ishlar kompleks rivojlana boshladi. Gaz va neft chiqishi ehtimoli bor joylar oʻrganildi (Yu. N. Godin, B. P. Lebedev, I. I. Kreynes, M. V. Muxin va b.). Rudaga boy joylarning oʻrganilishi natijasida Buxoro — Xiva hududida, Fargʻona va Surxondaryo vodiylarida qimmatbaho qazilma boylik konlari aniqlandi. 40-y.lar oxiridan boshlab chuqur seysmik zondlashning nuqta usulini qoʻllab izlanishlar oʻtkazildi. 50-y.lar oxirida uzluksiz profillash tartibidagi chuqur seysmik zondlash usuli ishlab chiqildi va Oʻrta Osiyoning koʻp qismida shu usuldan keng foydalanildi. 50-60-y.lar oʻrtalarida neft va gaz konlarini izlash b-nbilan birga chuqur parmalash loyihalari tayyorlandi (B. B. TalVirskiy, I. S. Volvovskiy, A. M. Kolpakov, T. L. Bobojonov, V. V. Rubo va b.).
 
Kibernetika fanining taraqqiy etishi, Yer sunʼiy yoʻldoshlarining uchirilishi G. fanining jadal rivojlanishiga sabab boʻldi. Geofizik tadqiqotlar geofizik hodisalarni bevosita kuzatishlar natijalariga asoslanib, maxsus asbob va usullardan foydalanib bajariladi. Bunday ishlar gidrometeorologiya stansiya tarmoqlari, G. rasadxonalari, magnit rasadxona, Yer sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatish punktlari, seysmik stansiyalar va b.da olib boriladi.
Qator 13:
60-y.lardan boshlab G.ning seysmologik, paleomagnetizm va b. usullari qoʻllanib, Oʻzbekistonni seysmik xavflilik jihatidan r-nlashtirish, Yer poʻsti qatlamlarini geologik yoshini aniqlash ishlari olib borildi. Natijada geologik, tektonik va b. maʼlumotlarni ham tahlil qilib, Oʻzbekistonning seysmik r-nlashtirilgan haritalari (1966, 1978) tuzildi. Mazkur haritalardan qurilish ishlarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan meʼyoriy hujjat sifatida foydalanib kelinmoqda.
 
1966 y. 26 apr.da yuz bergan Toshkent zilzilasidan soʻng G.ning ayrim usullari Oʻzbekistonda keng miqyosda qoʻllanila boshladi. Jumladan, Toshkent, Fargʻona, Qizilqum geodinamik poligonlari tashkil qilinib, bu joylarda seysmologik, magnitometrik, elektrometrik, gravimetrik usullar b-nbilan zilzilalarni oldindan bilish (prognoz qilish) muammosi boʻyicha izlanishlar olib borildi. Yer poʻstidan tarqaladigan elektromagnit impuls lar va atmosferadagi ionosfera tok qatlamlarining holatini oʻrganish kabi usullar ham oldindan bilish muammosini yechish yoʻlida qoʻllanila boshladi. Ushbu soʻnggi ikki usul zilzilalarni oldindan bilish maqsadida dastlab Oʻzbekistonda qoʻllanildi. G.da bu yoʻnalishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan yangi natijalar olindi. Jumladan, Yer magnit maydonida kuzatilgan oʻzgarishlar orqali 1978 y. 2 noyabrdagi Olay, 1982 y. 6 maydagi Chimyon, elektromagnit impuls larining oʻzgarishi boʻyicha esa 1976 y. 17 maydagi Gazli, seysmik usul yordamida 1984 y. 18 fev.dagi Pop zilzilalarining vaqti, joyi va kuchi bashorat qilindi. Bu natijalar shu sohada dunyo miqyosida birinchi marotaba olingan ilmiy-amaliy yutuqlar boʻldi (F. O. Mavlonov, V. I. Ulomov, Q. N. Abdullabekov, S. S. Husamiddinov, S. X. Maksudov va b.). G.ning seysmologik, elektrometrik, geologik, gidrogeologik usullarning majmui asosida 1966— 98 y.larda Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Samarkand kabi 20 dan ortiq shahar, yirik sanoat qurilish obʼyektlari uchun mikrorayonlashtirish haritalari yaratildi va xalq xoʻjaligiga qoʻllash uchun joriy etildi.
 
1970 y.dan boshlab Yer poʻsti va yuqori mantiyasini urganishda chuqur seysmik zonalash, seysmologiya, gravimetrik razvedka, elektr razvedka, magnit razvedka usullaridan foydalanildi (Ye. M. Butovskaya, F. X. Zunnunov, V. A. Pak, T. Ye. Ergashev va b.). Zilzilalar, portlash vujudga keltiradigan toʻlqinlarni yalpi qayd qilish usuli b-nbilan Pomir — Himolay xalqaro loyihasi buyicha Italiya, Hindiston, Pokiston olimlari b-nbilan hamkorlikda i.t. ishlari olib borildi (I. H. Hamroboyev, Ye. M. Butovskaya, T. L. Bobojonov).
 
Yer poʻstining har xil chuqurliklarida roʻy beradigan fizik, mexanik jarayonlarning tabiati murakkab ekanligi eksperimental G.ni tashkil qilish va rivojlantirishga sabab boʻldi. Xususan. togʻ jinslari namunalarining magnit, elektr, toʻlqin oʻtkazish va b. fizik xususiyatlari lab. sharoitida har xil bosim va t-ra taʼsirida oʻrganildi (M. X. Boqiyev, S. X. Maqsudov va b.). Olingan natijalar kuchli zilzilalar tabiatini aniqlash, ularning tayyorlanish jarayoni nazariyasini yaratish va zilzilalarning magnit, elektr, elektromagnit maydonlarda paydo boʻlgan darakchilarini tahlil qilishda foydalanildi.