Immunitet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 2:
'''Immunitet''' (lot. immunitas — biron narsadan xalos, ozod boʻlish, qutulish) — tirik mavjudotlarning oʻz butunligi va biologik noyobligini buzuvchi "yot" omillardan himoyalani-shi, qarshilik koʻrsatishi, rezistentligi. "Yot" omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburugʻlar, sodda jonivorlar, gelmintlar, koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo va toʻqimalar, organizmning oʻzgargan oʻz xujayralari (mas, oʻsmasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona boʻlgan kimyoviy agentlar — antigenlar tutadi.
 
Organizmni infeksion agentlar va b. yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati boʻyicha uchga boʻlinadi:1.Filogenetik I. — anatomik va fiziologik belgilar b-nbilan taʼminlanib, nasldannaslga oʻtadigan nomax-sus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar b-nbilan birinchi boʻlib aloqa qiladi,. shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining koʻpgina yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilariga chidamliligi taʼminlanadi.
 
2. Tugʻma I. (turga xos, tabiiy) — bir biologik turning maʼlum bir patogen agentga nisbatan chidamligi bulib, nasldannaslga oʻtadi. Mac, it, qoramol, tovuklarning oʻlat kasalligi qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqmaydi, oʻz navbatida odamlardagi zaxm, qizamiq, virusli gepatit, OITS qoʻzgʻatuvchilari hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatmaydi. Turga xos I. uzoq yillar davomida evolyusiya natijasida makroorganizm b-nbilan patogen mikroorganizmlarning oʻzaro munosabati oqibatida vujudga kelgan.
 
3. Orttirilgan I. —hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar b-nbilan taʼsirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya boʻlib, nasldan naslga oʻtmaydi. Orttirilgan I. tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy I. oʻz navbatida yana ikkiga boʻlinadi: 1) tabiiy faol I. — yuqumli kasallikdan sogʻaygandan soʻng yuzaga keladi; 2) tabiiy sust I. — onadan bolaga yoʻldosh va sut orqali oʻtadi. Sunʼiy I. ham ikki xil boʻladi: 1) sunʼiy faol I. vaksinalar b-nbilan emlaganda hosil boʻladi; 2) sunʼiy sust I. — zardob, qon, immunoglobulin va plazmalar yuborilgandan sung yuzaga keladi. Orttirilgan I. mikrobga qarshi (antibakterial I.) va uning toksinlariga qarshi (antitoksik I.) vujudga keladi. Antibakterial I. oʻz navbatida steril va nosteril turlarga bulinadi. Steril I. da kasallikdan soʻng patogen mikrob organizmda saqlanib qolmaydi (koʻpgina yuqumli kasalliklarga xos). Nosteril I. da kasallik qoʻzgʻatuvchisi organizmda saqlanib qolishi mumkin (maye., sil, ich terlama, shol, gepatit kabi kasalliklarda), lekin odamda kasallik belgilari ku-zatilmaydi, ammo I. maʼlum bir sabablarga koʻra susaysa, kasallik qaytalanishi (retsidiv) mumkin.
 
Adaptiv I. bir organizm limfoid hujayralarini ikkinchi organizmga koʻchirib oʻtkazilganda, ularning faolligi hisobiga yuzaga keladi. Mas., oq qon kasalligida oʻzgargan qon hujayralari oʻldirilib, donor sogʻlom odamdan koʻmik koʻchirib oʻtkaziladi. Toʻqima va aʼzolarni donordan retsipiyentga koʻchirib oʻtkazishda rivojlanadigan qimoya transplantatsion I. deb ataladi. Bu himoya koʻchirib oʻtkazilgan toʻqima va aʼzolarning bitib ketmasligiga va ularning nekrozga uchrashiga sabab boʻladi.