Irlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 4:
'''Irlandiya''' (irlandcha Eire, ing . lrelang) — Gʻarbiy Yevropada, Irlandiya o. da joylashgan davlat. Mayd. 70,3 ming km2. Aholisi 3,84 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 26 graflikka boʻlinadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birlashadi. Poytaxti — Dublin sh.
 
Davlat tuzumi. I. — respublika. 1937 y. 29 dek. da qabul qilingan hamda 1972 va 1999 y. larda tuzatishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1997 y. dan Meri Makalis xonim). U aholi tomonidan toʻgʻri umumiy va yashirin ovoz berish yoʻli b-nbilan 7 y. muddatga saylanadi, ikkinchi muddatga yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hoki-miyatni Milliy parlament amalga oshiradi, uning tarkibiga prezident va ikki palata: vakillar palatasi b-nbilan senat kiradi. Ijrochi xrkimiyatni vakillar palatasining taklifiga bino-an prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi.
 
Tabiati. Sharqiy qirgʻoklari ancha tekis, jan. qirgʻoqlarida buxta va qoyali burunlar, gʻarbiy qirgʻoqlarida ichkariga chuqur kirgan qoʻltiklar koʻp. Yer yuzasining yarmidan koʻpini Mar-kaziy tekislik (bal. 40—100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past togʻlar bor. Tepalar, asosan, qumtoshlardan, past togʻlar ohaktoshlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoshli yerlarda ungur, gʻor kabi karst relyef shak-llari, yer osti daryo va koʻllari uchraydi. Chekka qismlarida past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Jan.-gʻarbidagi Kerri togʻi (1041 m) I. dagi eng baland togʻdir. I. da torfning katta zaxiralari, toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux, mis, fosforit bor.
Qator 14:
Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Rasmiy tillari — irland va ingliz tillari, asosiy soʻzlashuv tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik.
 
Tarixi. I. hududida inson mil. av. 6ming yillikdan buyen yashaydi. Mil. av. 4-a. da kelt qabilalari koʻchib kelib mahalliy aholi b-nbilan qoʻshilib ketgan. 5-a. da xristian dini tarqalgan. I. ga normannlar (795—1014) , ingliznormand qoʻshinlari (1169—71) bir necha bor hujum qildi. 14—17-a. larda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. 18-a. oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801 y. 1 yanv. da "Uniya haqida akt" eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan I. vakillariga bir necha oʻrin berib, I. parlamentini bekor qildi. 19-a. mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi.
 
1-jahon urushi yillarida I. mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916 y. gi I. qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—21 y. lardagi partizanlar urushi natijasida 1921 y. dek. da tuzilgan Angliya — I. biti-miga muvofiq, I. ning jan. qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 y. gi yangi konstitutsiyada I. "Eyre mustaqil davlati" deb eʼlon qilindi.
 
2-jahon urushi yillarida I. betaraf turdi. Garchi 1949 y. I. mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shim. qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955—61 y. larda mamlakatni birlashtirish maqsadida I. maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shim. I. dagi maʼmuriy va politsiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 y. I. Resggublikasi va Shim. I. ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan I. tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda I. siyosatida Shim. I. muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari b-nbilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985 y. da imzolangan bitimga binoan, Shim. I. ga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993 y. da imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar b-nbilan bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 y. dan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. I. — 1955 y. dan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991 y. dek. da OʻzR suverenite-tini tan olgan.
 
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Fianna Fayl ("Taqdir askarlari"), 1926 y. tashkil etilgan; Fine gal ("Birlashgan Irlandiya"), 1933 y. asos solingan; I. leyboristlar partiyasi, 1912 y. tuzilgan. I. kommu-nistik partiyasi, 1921hy;~asos solingan; Demokratax soʻl partiya. 1992 y. tashkil etilgan; Taraqqiyparvar de-mokratik partiya, 1985 y. tuzilgan; I. ishchilar partiyasi, 1970 y. asos solingan. I. tred-yunionlar kongressi (1894) I. va Shim. I. ning 66 kasaba uyushmalarini birlashtiradi.
Qator 36:
Adabiyoti irland va ingliz tillarida. Xalq ogʻzaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-a. da yaratilgan. Soʻngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-a.), tarixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8—9-a. lar-da) paydo boʻlgan. 12-a. da bardlar (xalq baxshilari) sheʼriyati yuqori bosqichga koʻtariladi.
 
16—18-a. lar I. dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O’Nayv, J. Najent, E. O’Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub "Irlandiya tarixi" (1640) alohida ahamiyatga ega boʻldi. I. jamiyatining urugʻchilik tuzilmasi barbod boʻlgach, bardlar sheʼriyati tanazzulga uchradi. Poeziyada xalqchillik ruhi kuchaydi (E. O’ Raxilli, J. Makdonnell, O. R. O’Sallivan). 18-a. oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmogʻi osha bordi. 19-a. 1-yarmida romantizm irland adabiyotida bosh yoʻnalish boʻldi. 40-y. larda eng isteʼdodli shoirlar "Yosh Irlandiya" inqilobiy-demokratik tashkiloti tevaragida birlashdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika anʼanalarini da-vom ettirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr boʻlib kolli. Prozada tarixiy va oilaviy-mai-shiy mavzudagi romanlar yaratildi (J. Griffin, J. Beynim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-a. oxirlarida "Irland uygʻonishi" deb atalgan milliymadaniy harakat boshlandi, U. B. Yits bu harakatning tashabbuskorlaridan boʻldi. Uilyam Yits oʻz ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga keltirish imkonini berdi. Yits oʻzining teatr asarlari b-nbilan sheʼriy dramaga koʻp yangiliklar kiritdi. 20-a. boshlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya yetakchi mavqeni egalladi. 1916 y. da ingliz mustamlakachilari tomonidan otib tashlangan vatanparvar shoirlarning ijodi irland xalqining inqilobiy anʼanalari ruhi b-nbilan sugʻorilgan edi. 20—30-y. larda realistik romanchilik yetakchi jan-rga aylandi (P. O’Donnell, Sh. O’Fa-oleyn, L. O’Flaerti, J. Felan). I. O’Keysi oʻz tarjimai holi asosida yozgan epopeyasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har tomonlama chuqur tasvirlab berdi. 60—80y. larda yaratilgan asarlarda ishonchsizlik, ojizlik, yolgʻizlik kayfiyatlari va zolimlarga qarshi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uchun kurash — hoz. I. adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myorfi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarlari bunga misoldir.
 
Meʼmorligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan harsang toshlardan barpo etilgan sagʻanalar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5—11-a. larda I. da tosh kapella-ibodatxonalar, baland soqchi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-a. oxiridan 14-a. gacha gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-a. lar)da I. meʼmorligining oʻziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-chyorch ibodatxonasi va b.). 17—18-a. larda va 19-a. boshlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida maʼmuriy binolar, saroylar va uylar, 1829 y. dan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-a. va 20a. boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq us-lubdagi binolar paydo boʻldi. 20-a. 2-yarmidan I. shaharlarida zamonaviy bino va meʼmoriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi meʼmorlarning Dublin va Golueydagi ishlari).
 
Tasviriy sanʼatida jez davridan geometrik naqshli tilla zeb-ziynat asboblari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saklanib krlgan. 5—12a. larda imoratlar, tosh xochlar, jez plastinalar hayvonlar tasviri tushirilgan naqsh b-nbilan ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-a. ga mansub "Kels Injili") yara-tilgan. 18-a. da koʻpchilik rassomlar (Ch. Jervas, toʻngʻich N. Xoun, J. Barret va b.) Angliyada taʼlim olib, oʻsha yerda ijod qildilar. 19-a. rassomlari realizm va oʻziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, U. Osborn kartinalari). 20-a. boshlarida milliy realistik maktab shakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ch. Lemb, J. X. Kreyg , V. Irl va b.). Hoz. I. da realizm anʼanalari b-nbilan bir qatorda modernizm yoʻnalishlari tarqalgan. Xalq hunarmandchiligida toʻqimachilik, kashtachilik, qamishdan buyumlar toʻqish rivojlangan.
 
Musiqa folklori qadimdan bir ovozli boʻlgan. 16-a. oxiridan koʻp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O’Katayn, J. va X. Skott, Keroll O’Deyli, T. va U. Konellan va b. arfa uchun kuy hamda ishqiy qoʻshiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16— 17-a. lar). I. da professional musiqaning shakllanishida 18-a. da D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-a.da M. Balf, 20-a. da Ch. Stan-ford, A. Baks va b. muhim rol oʻynagan. 1856 y. Dublinda konservatoriya, 1964 y. da milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. I. da simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor.
Qator 48:
Kinosiga 1936 y. asos solingan. 30— 40-y. larda I. kino in-ti tashkil boʻlgan. 1958 y. dan "Ardmor" kinostudiyasi ishlay boshladi. "Obrazlar", "Och binafsha rang taksi" kabi filmlar ishlandi. "Yits mamlakati", "Irlandiya xalqi", "Ozodlik", "Bu toshlar qoladi" kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982 y. "Quvilganlar" badiiy filmi (rej. Vinn-isimond) ekranga chiqdi. Mashhur rej. lari: M. O’Kelli, P. Keri, B. Kuini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970 y. da kinematografiyachilar birlashmasi tu-zilgan.
 
Oʻzbekiston — I. aloqalari. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalar rivojlana boshladi. Oʻzbekiston I. ga, asosan, paxta tolasi va bir oz miqdorda maʼdanli oʻgʻit eksport qiladi. I. dan don, mol yogʻi, oʻsimlik yogʻi va sariyogʻ, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, dori-darmon, kiy-im-kechak, organik kimyoviy birikmalar, elektr jihozlari va sh. k. larni sotib oladi. Shu tariqa 2000 y. da oʻzaro tovar aylanmasi 14,3 mln. AKIIT dollariga yetdi. "Oʻzbeksavdo" uyushma-sining "Tijorat" firmasi I.ning "Verloni ltd" firmasi b-nbilan I. dan Oʻzbekistonga 2,6 mln. dollarlik kungaboqar yogʻi yetkazib berish haqida shartnoma tuzgan. "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 1995 y. dan I. ning "Esb International" firmasi b-nbilan hamkorlik qilmoqda. Shu yili bu firma xalqaro tashkilotlar tomonidan koʻrsatilayotgan texnikaviy koʻmak dasturi doirasida Yevropa Hamja-miyati Komissiyasi (YEHK)ning "OʻzRda elektrlashtirish tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirishga texnikaviy yordam" deb atalgan "EUZ 92/020" loyihasini bajardi. 1997 y. da firma YEHK oʻtkazgan tenderda gʻolib chiqib, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasida yangi "EUZ 9603" loyihasini bajarishga kirishdi.
 
I. ning "Cheldon Ltd" firmasi Oʻzbekistonda ishlab chikarilmaydigan turli smolalar, yuqori va past bosimli polietilenni "Qurilishplastmassa" aksiyadorlik jamiyatiga, koksni "Santexlit" aksiyadorlik jamiyatiga, KS-11 smolasini "Ohangaronshifer" aksiyadorlik jamiyatiga yetkazib bermoqda.