Gulmoyi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Gulmoyi''' (gulmohi), guldor baliq, xoldor baliq, forel — chuchuk suvda yashaydigan lososlar (Salmo trutta) kenja turlarining umumiy nomi. Dengizlarda yashovchi kenja turlari kumja yoki lososlar deb ataladi. Tanasi va suzgichlari mayda rangli dogʻlar b-nbilan qoplangan. Boshqa lososlar singari urchish davrida tanasining shaqli va rangi oʻzgaradi: jagʻlari uzayadi va qiyshayadi, erkagining tanasida qizgʻish dumaloq dogʻlar paydo boʻladi. G. rivojlanish davrida chuchuk suvlarni tark etmasligi b-nbilan oʻtkinchi lososlardan farqqiladi. Ikkinchi kenja tur: koʻl G.si (S.t.lacustris) va daryo G.si (S.t.fario) kenja turlarini hosil qiladi. Koʻl G.si Rossiyaning shim.-sharqida, Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya hamda Kaspiy va Qora dengiz havzalaridagi kullarda tarqalgan. Ogʻirligi 8—10 kg gacha, urchish davrida urgʻochisi tanasining yon tomoni kumushrang , qorni toʻq qoʻngʻir boʻladi; erkagining yon tomonida alvon rang chiziq koʻzga tashlanadi, terisidagi dogʻlari guldor boʻlib qoladi, orqa suzgichi qorayib krrin suzgichi qizgʻish yoki alvon tusga kiradi. Koʻl G.si daryoga oʻtib uvildiriqtashlaydi. Tuxumdan chiqqan chavoqlarining bir qismi koʻlga oʻtadi, koʻpchiligi esa daryoda qolib, daryo G.siga aylanadi. Daryo G.si ancha mayda, ogʻirligi 200—500 g , baʼzan 2 kg gacha, tanasi rangdor, orqasi qora, qorni oq yoki sargʻish-tillarang , tanasi va suzgichlari qora, qizil va alvon rangli dogʻlar b-nbilan qoplangan. Daryo G.si Yevropa va Osiyoda, jumladan Sirdaryo, Amudaryo va b. daryolarning yuqori oqimida koʻp uchraydi. Koʻl va daryo G.si akklimatizatsiya qilinadi, sunʼiy kupaytiriladi. Koʻl G.si ovlanadi, daryo G.si sanoat ahamiyatiga ega emas , faqat qarmoq b-nbilan ovlanadi.
 
== Adabiyotlar ==