Grek tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Grek tili''' — Hind-yevropa tillari oilasining grek guruhiga mansub. Jan. Balqon ya. o. va unga chegaradosh Ioniya va Egey dengizi boʻylarida hamda Jan. Albaniya, Misr, Jan. Italiya hududlarida tarqalgan. Bu tilda Gresiyada 9,3 mln., Kiprda 530 mingdan ziyod kishi soʻzlashadi (1990-y.lar oʻrtalari). Gresiya va Kiprning (turk tili b-nbilan bir qatorda) rasmiy tili. G. t. Qad. Maketon tili b-nbilan qarindoshdir. U tarixan 3 davrga boʻlinadi: qad. (yunon tili), oʻrta (5—7-a.lar), yangi (15-a.dan boshlab) G. t. Bu tilda turli shevalar mavjud. Mazkur til boy adabiyotga ega. Qad. grek (yunon) tilida yozilgan tarixiy va madaniy yodgorliklar saqlanib qolgan.
 
G. t.da 5 unli fonema, yuqori va quyi tishlar oraligʻida talaffuz qilinuvchi undoshlar mavjud. Morfologiyasida murakkab feʼl zamonlari va buning analitik shakllari bor. Gap tuzilishiga koʻra soʻzlar erkin tartibga ega. G. t. lugʻat tarkibida roman, slavyan va turkiy tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Yozuvi yunon alifbosi asosida.