Fransiya Gvianasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Gviana''', Fransiya Gvianasi (Guyane) — Jan. Amerikaning shim.sharqidagi mamlakat. Fransiya mulki ("dengiz ortidagi departamenta"). Mayd. 91 ming km2. Aholisi 157 ming kishi (1990-y.lar oxirlari), asosan kreol, indeys va negrlar. Axrlisining yarmi G.ning maʼmuriy markazi — Kayenna sh.da yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili.
 
Tabiati. G. Gviana yassitogʻligining shim.-sharqida joylashgan. Yer yuzasining oʻrtacha bal. 300—400 m, eng baland joyi 850 m. Iklimi subekvatorial, issiq va sernam. Oʻrtacha oylik t-ra 26—28°. Yillik yogʻin 3200—3500 mm. Asosiy daryolari: Maroni, Oyapoki. G. hududining 90%i qimmatbaho yogoch beradigan sernam tropik oʻrmonlar b-nbilan qoplangan.
 
Tarixi. Qadimdan G. hududida ovchilik, baliq ovlash, yovvoyi oʻsimlik mevalarini yigʻish b-nbilan kun kechiruvchi koʻchmanchi indeyslar yashagan. G.ni dastlab 1604 y.da fransuzlar bosib olgan va bu yerda 1634 y.da Kayenna sh.ni barpo etgan. G. hududi 17-a. oʻrtalaridan 19-a boshlarigacha Fransiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Niderlandiya davlatlari oʻrtasida talash boʻlib keldi. 1817 y.dan fransuzlar G.da mustahkam oʻrnashib oldilar. 18-a. oxiridan 20-a. boshigacha G. fransuz siyosiy mahbuslari surgun qilinadigan joy boʻlgan. 1946 y. 19 martda G.ning mustamlaka maqomi Fransiyaning dengiz ortidagi depertamenti qilib oʻzgartirildi.
 
Xoʻjaligi. Aholining asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik. Mahsuloti eksport qilinadigan ekinlardan shakarqamish (asosan rom tayyorlash uchun), kofe, kakao, banan; ichki ehtiyojlar uchun makkajoʻxori, sholi, sitrus mevalar va sabzavot yetishtiriladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Okeandan dengiz hayvonlari, baliq ovlanadi.
Qator 9:
Sanoatining asosiy tarmoqlari: oltin qazib chiqarish, yogʻoch tayyorlash.
 
Oltin eksport mollari qiymatining qariyb yarmini, yogʻoch 1/4 qismini tashkil etadi. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Chetga krevetka (qisqichbaqaning mayda turi), pushti daraxt ekstrakti, xom teri, balik, moyi chiqaradi. Chetdan qurilish materiallari, yoqilgʻi, matolar, turli jihozlar keltiriladi. Tashki savdo asosan Fransiya b-nbilan olib boriladi. Dengiz va havo yoʻllari orqali Fransiya, Angliya, AQSH va b. mamlakatlar b-nbilan bogʻlangan. Kuru sh. yaqinida Fransiyaning kosmik tadqiqotlar boʻyicha milliy markazi va kosmodrom joylashgan.
 
Pul birligi — fransiya franki.