Insektitsidlar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
||
Qator 1:
'''Insektitsidlar''' (lot. insectum qasharot va caedo — oʻldiraman) — zararkunanda hasharotlarni yoʻqotish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar. I. yordamida zararkunanda, shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqatuvchi hasharotlarga qarshi kurash olib boriladi. Sirtdan (hasharot tashqi qop-lami orqali singadi), nafas olish yoʻllari orqali, ichdan (ozuqa
Kimyoviy tarkibiga koʻra anorganik va organik I.ga boʻlinadi. Anorganik I.ga turli xil metall birikmalari, shu jumladan keng ishlatiladigan oltingugurt preparatlari misol boʻladi. I.ning katta guruhini yuqori fiziologik faollikka ega boʻlgan organik birikmalar tashkil etadi. U xlororganik, fosfororganik, kar-bamatli birikmalarga boʻlinadi. I. hoʻllanuvchi kukun (suvli suspenziya qilib purkash uchun), dust (ekinlariga changitish, urugʻni upalash uchun), emulsiya konsentratlari yoki emul-siyalanuvchi konsentrat (suvda suyultirib emulsiya holida purkash uchun), maxsus (oʻta kichik hajmda purkash uchun preparatlar, pasta, tutun shashkalari, aerozollar, fumigatsiya uchun va b.) hamda donadorlangan preparatlar (tuproqqa urugʻ
Dehqonchilikda I.dan ekinlarni zararkunandalarni himoya qilishda keng foydalaniladi. Insektitsid preparatlarning taʼsir etuvchi moddasi tarzida foydalaniladigan kimyoviy moddalarning soni (jahon miqyosida) 300 dan ortiq, ularning preparat shakllari 5 mingga yaqin. K,, x. zararkunandalari — hasharotlarga qarshi kurash muammolarining jadal oʻrganilishi hamda samarasi yuqori va issiqqonli hayvonlar uchun xavfi kamroq yangi preparat va birikmalarning kashf etilishi tufayli I.ning turxili doimo yangilanib bormoqda. Hoz. sharo-itlarda mishyak va ftorli noorganik I. qoʻllanilmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham ilgari ishlatib kelingan DDT va bir qancha xlororganik (polidofen, anabazin va nikotin sulfat kabi zahari kuchli) I.ni endilikda q. x.da qoʻllash taqiqlangan. Ular oʻrniga zahari kuchsiz va oʻrtacha zaharli I. tav-siya etilgan, jumladan, fosfororganik birikmalarni qoʻllash tobora kengaymoqda. Keyingi yillarda q. x.da sarf meʼyori oz (1 ga maydonga 25—200 g) va zahari nisbatan kuchsiz boʻlgan sintetik piretroidlarlan koʻproqfoydalanilmoqda. Oʻzbekistonda 90-y.larning 2-yarmidan boshlab Gʻarbiy Yevro-padagi kimyo konsernlarida ("Sibo Geyga", "Bayer" va b.) ishlab chiqarilgan I. koʻproqqoʻllaniladi. Oʻzbekistonda ularning vakolatxonalari ochilgan.
|