516 159
ta tahrir
CoderSIBot (munozara | hissa) (Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi) |
DastyorBot (munozara | hissa) k (imlo) |
||
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kimyo''', ximiya — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. K. boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar i.ch., biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Mil. av. Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. "Kimyoi hunar" sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi
K.ning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr
da "K." soʻzi arabcha "kamoyakmi", yaʼni "yashirmoq", "berkitmoq" ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha "kimyax" dan olingan. Baʼzi olimlar "K." soʻzi Misrning qad. nomi "Xem" yoki "Hame"dan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu soʻz "qora" yoki "qoramtir" maʼnosini anglatib, manbalarda "K." "Misr fani" degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa "K." soʻzi yunoncha "kimyo" iborasidan kelib chiqqan boʻlib, "suyuqlik", "eritilgan metall"ni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday boʻlishidan qatʼi nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada oʻrta osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.
"Alkimyo" asoschisi Jobir ibn Xayyom metallarning paydo boʻlishidagi oltingugurt-simob nazariyasini olgʻa surgan, yaʼni yer qaʼrida quruq bogʻlanishdan oltingugurt ("metallar otasi"), nam bugʻlanishdan esa simob ("metallar onasi") paydo boʻladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda birikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, shisha hosil boʻladi. Shu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga oʻtkazish haqida maʼlumotlar beriladi. "Element" tushunchasiga koʻra, oltingugurt — yonuvchanlik, simob — uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildiradi. Shoʻnga koʻra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr boʻldi. Olimning izdoshlaridan boʻlgan Abu Nasr Forobiy oʻzining "Us todi Soniy" asarida alkimyo ilmining yoʻnalishini maʼqullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy "Sirlar kitobi"da alkimyo maʼlum boʻlgan moddalarni oʻrganish, asbob-uskunalarni yigʻish va foydalanish hamda tajribalar oʻtkazishni keltiradi. Roziy oʻz asarida oʻngacha maʼlum boʻlgan moddalarni tasniflab, asbob va tajribalarni maʼlum bir tizimga solgan. Abu Abdullo al-Xorazmiyning "Bilimlar kaliti" kitobida K.ga alohida boʻlim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar toʻgʻrisida mukammal maʼlumotlar keltirilgan. Abul Hakim al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qoʻllanilgan taroziga ahamiyat beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125 y.da yozilgan "Dono tarozu haqida kitob"da turli koʻrinish va tuzilishdagi tarozilarda tortish usullari bayon qilinganligi manbalardan maʼlum. Abu Ali ibn Sino "Al-qonun" kitobida oʻsimlik, hayvonot, minerallar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar, metallar, oksidlar va b. birikmalarning 750 dan ortiq turini yozadi. Ularning nomi, xossalari, ishlatilishini tula ifo-dalaydi. Uning "taboshir kulchalari"dan (Indoneziyada oʻsadigan bambukdan olib kulchaga qoʻshib oyoq-qoʻli singan bemorlarga beriladigan kremniy oksidi — inson organizmida tez erib singadigan modda) qanchadan-qancha odamlar shifo topgan. Ibn Sino Jo-birdan farqli ravishda metallarning xususiyatini chuqur va mukammal oʻrgan-di, uning xatolarini tuzatdi. Ibn Sino nafaqat Jobirning , balki barcha alkimyogarlarning xatolarini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oddiy metallardan nodir metallar, jumladan, oltin olib boʻlmasligini birinchi boʻlib amalda isbot etdi. Fransuz olimi M. Bertlo, rus olimi B. Menshutkin, akad. O. Soimovlarning fikricha, Abu Ali ibn Sino asarlarida hoz. zamon anorganiq kimyo fanining ilk kurtaklari namoyon boʻlgan. Abu Rayhon Beruniyning "Mineralogiya"sida moddalarning moddalik xususiyatlari uz aksini topgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida mineralogiyaga oid 18 ta, K.ga oid 31 ta qulyozma mavjud. Bular arab, fors, eski oʻzbek (turk) tillarida bitilgan "Hunarlar javohiri" kitobidagi marvarid, boʻyoqlar, sir, zaharga qarshi ishlatiladigan dorilar, upa-elik tayyorlash usullarini oʻz ichiga olgan manbalardir.
8-a.dan 17-a. oʻrtalarigacha davom etgan alkimyo bir tomondan fanni rivojlantirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan uning tez qadamlar
larda turli moddalar ustida tajribalar oʻtkazib, ular yonganida kislorod
19-a. K. fani tarixida nazariy asoslarni ishlab chiqish davri boʻldi. Natijada ato m - molekulyar taʼlimot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803 i. moddaning atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar oʻtkazdi. Elementlarning muayyan bir mikdorda reaksiyaga kirishuvini ularning ayrim zarrachalardan, yaʼni boshqacha aytganda atomlardan tashkil topganligidan deb bildi. Karrali nisbatlar qonuni deb atalmish fikri asosida kimyoviy elementlarning bir-biri
1852 y.da ingliz kimyogari E. Franklend fanga valentlik tushunchasini kiritdi. A. M. Butlerov tomonidan 1861 y. eʼlon qilingan tuzilish nazariyasi K.ning rivojida muhim bosqich boʻldi. Mazkur nazariya asosida organiq moddalarning molekulalardagi atomlar valentliklariga muvofiq bir-biri
19-a.da fandagi tarixiy kashfiyotlardan biri 1869 y. D. I. Mendeleyev tomonidan ochilgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va sistemasi boʻldi. Mendeleyev elementlarni ilmiy asosda sinflarga ajratdi, ular orasidagi ichki bogʻlanish qonuniyatlarini topdi, hali nomaʼlum boʻlgan elementlar mavjudligini oldindan bashorat qildi. Uch nomaʼlum elementning xossalarini oldindan aytib berib, ularga "ekabor", "ekaalyuminiy" va "ekasilitsiy" degan shartli nomlar berdi. Oradan 15 yil oʻtar-oʻtmas uning ba-shorati amalda tasdikdandi. Bu elementlar fransiyalik Lekok de Buabodran, shvetsiyalik Nilson va germaniyalik Vinklerlar tomonidan kashf etildi. Ekaalyuminiyga Fransiyaning eski nomi Galliyadan olinib "galliy" nomi, ekaborga "skandiy" (Skandinaviya nomidan) va ekasilitsiyga "germaniy" degan nomlar berildi. Mendeleyevning maʼlumotlari boshqa olimlar maʼlumotlariga juda yaqinligi
19-a. ning 70-y.laridan boshlab organiq kimyo tez rivojlana boshladi. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalari, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari olindi, xossalari oʻrganildi va bularning maʼlum qismi sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshladi. 80-y.larda toʻyinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy pigment va oqsillar oʻrganila boshlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari rivojlandi. Bu davrda elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (G. I. Gess, M. Bertlo), elektrolitik dissotsiatsiya (S. Arrenius), kimyoviy reaksiyalar tezligi (Ya. Vant-Goff) oʻrganildi. Buning natijasida kimyoviy termodinamika faniga asos solindi.
19-a. oxiri va 20-a. boshlari fizikada atom tuzilishining oʻrganilishi, radioaktivlik hodisasining ochilishi, elektronning amaliyotdagi ahamiyati oʻrganilishi va kvant kimyosinit chuqur nazariy yutuqlaridan foydalanish K. fanining olamshumul yutuqlaridan boʻldi. Mac, tabiiy hodisa — Adriatika dengizining fosforessensiyalanishini 1835 y.dayoq fransuz fizigi A. [[Bekker[[el]] sezganligi maʼlum. Ammo oradan 60 y. dan ortiqroq vaqt oʻtib uning nabirasi Anri [[Bekker[[el]] 1896 y.ning 1 martida uran hosilalari, bir oz keyinroq esa uranning oʻzi ham shunday xossaga egaligini aniq-ladi (q. [[Bekker[[el]]). 1895 yili V. Rentgen tomonidan kashf etilgan nurlar ham shunday xossalarga ega ekanligini [[Bekker[[el]] koʻrsatib oʻtgan edi. ʼL.Skladovskaya-Kyuri bu nurlarni radioaktiv nurlar, nurlanish hodisasini esa radioaktivlik hodisasi deb atadi. U bu hodisani shaxsan oʻzi toriy elementida uchratdi. U P. Kyuri
gacha bunday radioaktiv izotoplardan 1500 dan ortigʻi olingan. Sunʼiy radioizotoplarni oʻrganish aylanishlarning yangi xillarini topishga imkon berdi. Radioaktiv moddalarning xossalarini oʻrganadigan, ularni ajratib olish, yigʻish va tozalash usullarini ishlab chiqadigan fan radiokimyo nomini oldi.
K.ning tez suratlar
18-a. oxiri va 19-a. oʻrtalarida Gʻarb mamlakatlarida rivoj topa boshlagan K. Rossiya orqali Oʻzbekistonga ham kirib keldi. Toshkentda 1869 y. kimyo lab. tashkil etildi. Keyin shu yerda koʻmirni gazlashtiruvchi moslama koʻrib ishga tushiriladi, lab.dagi xonalar gazlashtiriladi. Lab. xodimlari tomonidan mahalliy va olib kelinuvchi portlovchi moddalar tarkibi tekshiriladi. Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligida zarb qilingan tangalar oʻrganiladi. Turli oʻsimliklardan alizarin boʻyogʻini ajratib olish, chigitni tozalash, tolani presslash, suv va tuproqni analiz qilish, oʻlkada sanoatni rivojlantirishga zarur boʻlgan togʻ jinslarini tadqiq qilish, sabzavot ekinlari tarkibidagi shakar miqdorini aniqlash, shisha uchun kerakli giltuproq va qumtuproq tarkibi hamda sifatini aniqlash, uzumni bijgʻitib spirt tayyorlash, anor poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar tayyorlash, sement eritmalari va toshqol olish, don va dukkakli oʻsimliklardagi kraxmalni aniqlash, qamish, gʻoʻzapoya va daraxtlarning oʻtinlaridagi yonilgʻi birliklarini hisoblash kabi i.t. ishlari olib boriladi. 1913 y. yanv.gacha ishlab turgan mazkur lab. bajargan ishlari asosida Oʻzbekistonda bir necha sanoat tarmoqlarini tashkil qilish mumkin degan xulosaga kelinadi, lekin bu ishlarga amaliy yondoshilmaydi.
K. va uning sanoatiga yondosh boʻlgan qurilish, oziq-ovqat, neft, suv va b. tarmoqlar rivojlanishi bu ishlarga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Shamsiyev, 3. Saidnosirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M. Azizov kabi dastlabki kimyogarlar yetishib chiqsi. Ular yosh kadrlarni tayyorlashga katta hissa qoʻshdilar.
1920 y. Turkiston Respublikasi Markaziy xalq xoʻjaligi kengashida sanoat
30-y.larda fanning rivojiga S. N. Naumov, M. I. Usanovich, A. P. Rostovskiy, S. M. Muqimov, I. S. Kansepolskiylar katta hissa qoʻshdilar. 1933 y. un-tning kimyo fti qoshida K. tadqiqot inti tashkil qilinadi. In-t lab.larida diketoefirlar kimyosi, gaz reaksiyalari kimyosi, elektr kimyosi, aralashmaydigan suyuqliklar kimyosi, tabiiy va sintetik kolloid sistemalar, alkillash reaksiyalari, kislota-ishqor nazariyasi, soz tuproq asosida keramik materiallar i.ch. kimyosi va texnologiyasi, chigitdan yogʻ olish kabi muhim i.t. ishlarini rivojlantirishda tadqiqotchilar sanoat
30-y. larda un-tning kimyo f-tida S. Yunusov, O. Sodiqov, K. Axmedov, Sh. Tolipov, H. Usmonov, A. Sultonov, H. Rustamov, Y. Toshpoʻlatov, A. Abdu-rasulova, F. Tojiyev, A. Murtazoyev, H. Rahimov kabi isteʼdodli yoshlar yetishib chikdi. 2-jahon urushi yillarida sharoit ogʻir boʻlishiga qaramay fan rivojiga ahamiyat berildi, tadqiqotlar kamroq boʻlsada davom ettirildi. 40-y.lar boshida Ittifoq FA ning Oʻzbekiston filiali tashkil qilinib, uning tarkibiga A. S. Shamsiyev rahbarlik qilayotgan Kimyo in-ti ham kiritildi. S. Muqimov, F. Xoʻjayev va frontdan qaytgan S. Yunusov, K. Ahmedov, Sh. Tolipov, A. Sultonov, H. Rustamov, I. S. Kansepolskiy va b. olib borilayotgan i.t. ishlariga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar. Ular Oʻzbekiston FAning i.t. institutlari tarkib topishi va rivojida ham ishtirok etishdi. Urush davrida Chirchiq elektr kimyo k-tining bosh muxandisi lavozimida ishlagan M. Nabiyev kimyo sanoatining rivojiga katta hissa qoʻshdi, keyinroq u mineral oʻgʻitlar kimyosi yoʻnalishining bosh mutaxassisi sifatida koʻp yillar faoliyat koʻrsatdi. Xalq xoʻjaligining eng asosiy tarmogʻi boʻlgan paxtachilik rivojlantirildi, oʻgʻitlar va mikroelementlarning yangi xillari topildi.
Umumiy va anorganiq K.da tuzlar kimyosi, gidrolizi va eruvchanligi sohasidagi muammolar hal qilinib, yerga solinadigan oʻgʻitlar hamda ularning kimyosi chuqur oʻrganildi. Ekinga solinadigan mikroelementlar kimyosi M. Azizov tomonidan rivojlantirildi, ularning anchagina kompleks birikmalari sintez qilindi, bulardan dori-darmon tayyorlashda foydalanish ham oʻrganildi. Prof. H. Rahimov nodir va rangli metallarning kompleks birikmalari kimyosi ustida ish olib bordi. Polimetalli xom ashyolar kimyosi rivojlantirildi, ogʻir metallarning geterotsiklik birikmalari, ularning N-oksidlari, kompleksonlari aniqlandi. Suv-tuz sistemasi chuqur tahlil qilindi, ekstraksiya jarayonlari yaxshilandi. Kompleks birikmalar va kompleksonlar kimyosi chuqur oʻrganildi hamda xalq xoʻjaligining turli jabhalaridan keng oʻrin oldi.
Akad. N. Parpiyevning nodir va oʻtkinchi metallar kompleks birikmalari xossalarini oʻrganish, yangilarini sintez qilish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ishlari diqqatga sazovordir. Kremniy, germaniy, titan, sirkoniy, gafniy, molibden va vanadiy ftoridlarning vodorod ftorid kislo-tasi
Analitik K.dagi dastlabki ishlar akad. Sh. Tolipov rahbarligida olib borildi. U shogirdlari
K. fanining shon-shuhratini jahon miqyosiga olib chiqishda akad. S. Yunusovning alkaloidlar kimyosini rivojlantirishga oid ishlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. 4000 dan ortiq oʻsimlik alkaloidlari tadqiq qilinib, ulardan 600 dan ziyod muhim alkaloidlar ajratib olindi, ularning tarkibiy qismlari, tuzilishi va xossalari chuqur oʻrganildi. 50 dan ortigʻi tibbiyotga joriy etildi, olingan oqsillar q.x. va oziq-ovqat sanoati uchun taklif etildi. Vilt kasalligiga qarshi qoʻllaniladigan preparatlar kashf qilindi. Prof. F. Qoʻchqorov va uning shogirdlari tomonidan atsetilen kimyosi rivojlantirildi. Akad. I. P. Sukervaniq, A. Abdurasuleva va b. alkillash reaksiyalarini oʻrganib, fan rivojiga hissa qoʻshdilar. Dekarbonillash boʻyicha Yo. Aliyev tadqiqotlari u rahbarlik qilgan Kimyo in-tida karboksillash reaksiyalarini oʻrganishda qoʻl keldi.
Akad. O. Sodiqov tomonidan bioorganiq kimyo faniga asos solindi. Olim tashkil etgan Bioorganiq kimyo in-tida (1973 y.) oʻsimliklarning ikkilamchi metaboliti, tibbiyot va q.x. uchun zarur preparatlarni olish usullari, hayvonlar va oʻsimliklardagi oqsil tabiatli zaharlarning taʼsir mexanizmi oʻrganildi. Ilon, chayon va b. zaharining sunʼiy analoglari olindi, taqribiy qismlari hamda xossalari tadqiq qilindi. N-oksidlar, anabazin, dipiridil, paxikarpin, morfin, sitazin va b. kimyosi chuqur oʻrganildi. Stereokimyo, konformatsion analiz, tabiiy birikmalarning elektron tuzilishi va reaksiyaga boʻlgan xususiyatlari tadqiq qilindi. Gossipol kimyosi oʻrganildi, gʻoʻzapoyadan turli mahsulotlar olish kimyosi va texnologiyasi ishlab chiqildi, viltga qarshi ishlatiladigan preparatlar kashf qilindi. Akad. A. Abduvahobov sintez qilgan feromonlar paxtachilik rivojiga muhim hissa qoʻshdi. Akad. Sh. Solihov rahbarligida olib borilayotgan i.t.lar, tibbiyot, q.x., farmatsevtika va biokimyo ehtiyojlarini qondirishga qaratildi.
Fizik K. 20-y. lar oxirlarida D. Alekseyevning portlash jarayonlari kinetikasini oʻrganish
Fizik K.
Yuqori molekula(polimer)li birikmalar kimyosi urushdan keyingi yillarda rivojlandi. 1946 y.dan boshlab paxta sellyulozasi va uning turli efirlari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Yangi monomerlar sintez qilish, ularni polimerlash, tola choʻzish kabi ishlar yoʻlga qoʻyildi.
Respublikamizda kompozitsion materiallar kimyosi akad. S. Neʼmatov rahbardigida rivojlantirildi. Yangi xossalarga ega boʻlgan qoplama materiallar, sirlar, kremniy organiq suyuqliklar keramik materiallar i.ch.ga tatbiq etildi. Bu materiallardan yoʻl qurilishlarida, avtomobil, q.x. mashinalari, turli beton plitalari i.ch. va b. sohalarda keng foydalaniladi.
Silikatlar K.si va texnologiyasi sohasida I. S. Kansepolskiy tomonidan tabiiy kuygan tuproq (gliyej)larni portladsementga qoʻshimcha sifatida qoʻllash, sement korrozitsiyasi va oʻnga qarshi kurash choralarini izlashga doir tadqiqotlar olib borildi. Fosfogipsning kalsiy alyuminatlari
Akad. S. Rashidova va uning shogirdlari tomonidan erkin radikallarni yutib, stabillash xususiyatiga ega boʻlgan funksional guruqchalarni oʻz ichiga olgan monomerlarning polimerlanish reaksiyalari oʻrganildi. Chigitning unib chiqishini boshqaradigan ishda qoʻl keladigan polimer qoplamalar kashf qilinib, q.x.ga tatbiq etildi.
|