Turkmanobod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 58:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Turkmanobod''' (1924 y. gacha va 1927—93 y.larda Chorjoʻy, 1924—27 y.larda Leninsk) — Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Amudaryoning chap sohilida. Yirik t.y.temir yoʻl tuguni va dare porti, aeroport bor. Aholisi 203 ming kishi (1999). Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar arab tarixchisi Balozuriyning (9-a.) asarida keltirilgan. Shaharning dastlabki nomi Amuy boʻlib, keyinroq arab tili taʼsirida Amul shaklini olgan.
 
Arablar Amulga ilk bor 651 va 655 y.larda (Marvni bosib olganlaridan keyin) hujum qildilar. Bu toʻgʻridagi maʼlumotlar Xitoy manbalarida keltirilgan. 672 y.da Amul aholisi va arablarning Xurosondagi noibi Abdulloh ibn Ziyod askarlari oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Shundan keyin u sulh tuzib Marvga qaytib ketgan. 8-a. boshida shaharni arab noibi ("amil") boshqargan.
 
Oʻrta asr Amul sh. xarobalari Chorjoʻy t.y.temir yoʻl stansiyasidan 9 km shim.sharkda joylashgan. 1-a.da vujudga kelgan shaxar 150 ga maydonni egallab, ark (0,5 ga), shahriston (9 ga) va tashqi shahardan iborat boʻlgan. Ark shahristondan 33 m balandlikdagi tepalikda joylashgan. Shahriston kushon davri shahrining oʻzagi boʻlib, shahar katta rabod bilan oʻralgan. Kushon davrida rabod 50 gektar maydonni egallagan.
 
10-a.da Amul kichkina boʻlsada, aqolisi zich joylashgan. Shaharning jome masjidi baland yerda oʻrnashgan, bozorlarining usti yopiq boʻlgan.
Qator 70:
X,ozirgi T. 19asrning 80 y.larida eski shahar (Chorjoʻy) yaqinida ruslar qalʼasi sifatida vujudga kelgan. Maʼmuriy jihatdan Buxoro amirligiga qaragan.
 
1886 y.dan shahar (Yangi Chorjoʻy) Oʻrta Osiyoning savdo va transport markazlaridan (Chorjoʻy orqali 1888 y.da Oʻrta Osiyo t.y.temir yoʻl oʻtgan) biri boʻlib qoldi.
 
1924 y.dan Turkmaniston SSR tarkibida. 1937 y.dan Chorjoʻy deb ataldi. Chorjoʻy 1939—63 va 1970 y.dan Chorjoʻy viloyati markazi. 1993 y.dan Lebap viloyati markazi.