Guliston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DennyBot (munozara | hissa)
k bot tomonidan imlo toʻgʻrilandi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 4:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Guliston''' (1923 y. va 1952-60 y.larda shahar, soʻngra shaharchaga aylantirilgan, 1961 y. 8 maydan yana shahar) — Sirdaryoviloyatiyaagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mirzachoʻlning jan.-sharqida, 276 m balandlikda, "Doʻstlik" kanali sohilida. Toshkentdan 118 km. G.dan Toshkent—Xovos t.y.temir yoʻl oʻtgan. 1895 y.da endigina qurilayotgan Samarqand—Toshkent t.y.temir yoʻl yoqasida hoz. G. oʻrnida dastlabki uylar qad koʻtargan edi. Keyinchalik u yerda ikkita qishloq paydo boʻlib, ularning birlashishidan Mirzachoʻl sh. (1961 y.dan G. deb atalgan) vujudga keldi. Yiliga oʻrtacha 295—300 mm yogʻin yogʻadi, yanv.ning oʻrtacha t-rasi —2,5°, minimum t-pa —35°, iyulning oʻrtacha t-rasi 28°, maksimum t-ra 45°. Aholisi 55,3 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi.
 
Sanoati paxta tozalash zdi, paxta punkti, elevator, sut, yogʻ-ekstraksiya, non z-dlari, yaxna ichimliklar korxonasi, q.x. mashinalari va avtomashinalarni taʼmirlash ustaxonalari, qurilish materiallari k-ti, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, "Turkiston" qandolatchilik qoʻshma korxonalaridan iborat. Dori-darmon ishlab chiqariladigan "Lichava-Farmsanoat" Oʻzbekiston—Chexiya qoʻshma korxonasi qurildi. G.da Guliston universiteti, tibbiyot kolleji, kasb-hunar va sanʼat bilim yurtlari, qurilish kolleji, 9 umumiy taʼlim maktabi, Sirdaryo teatri, kutubxona, pochta, telefon st-yasi bor. Poliklinika, viloyat markaziy kasalxonasi xizmat koʻrsatmoqda. Oʻn mingtomoshabinga moʻljallangan stadion mavjud.